Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA TURKIYALIK ISHBILARMONLAR VA MUTAXASSISLAR ISHTIROKIDA “FERGANA FERMER EXPO ÖZBEKISTAN – 2022” TIJORAT KO’RGAZMASI BO’LIB O’TMOQDA
2022-12-14 13:39:01 645
Bugun Farg’ona shahridagi Farg’ona politexnika institutida “Fergana Fermer Expo Özbekistan – 2022” qishloq xo’jaligi, chorvachilik va dorivor o’simliklar investitsion tijorat ko’rgazmasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Viloyat hokimligi, Qishloq xo’jaligi vazirligi, viloyat AKIS (Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi) Agroxizmatlar markazi hamda Turkiyaning Selchuq universiteti hamkorligida tashkil etilgan tadbirda O’zbekiston va Turkiyaning qishloq xo’jaligi va chorvachilik sohasi mas'ullari va mutaxassislari, olimlar, ishbilarmonlar ishtirok etmoqdalar.
Ochilish marosimida so’z olgan viloyat hokimining o’rinbosari Alibek Tursunov Davlatimiz rahbari topshiriqlari va ko’rsatmalari asosida Farg’onada qishloq xo’jaligida hosildorlik va natijadorlikni oshirish uchun innovatsion va ilmiy yondashuvga alohida e'tibor qaratilayotganligini ta'kidladi. O’zbekiston va Turkiya munosabatlari rivojlanib borayotgani, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasining joriy yil fevral oyida Turkiyaga amaliy tashrifi natijasida Farg’ona-Turkiya hamkorlik aloqalari yanada rivojlanayotgani qayd etildi.
Turkiyaning Burdur viloyati qishloq xo’jaligi boshqarma boshlig’i Mehmet Tug’rul bunday ko’rgazma va forumlar ikki davlat qishloq xo’jaligi vakillarining o’zaro tajriba almashishlariga xizmat qilishiga alohida e'tibor qaratdi.
Ikki kun davom etadigan mazkur tijorat ko’rgazmasida Turkiyaning 16 ta kompaniyalari va 30 nafarga yaqin qishloq xo’jaligi yo’nalishida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlari ishtirok etishi kutilayotgani, yangi shartnoma va kelishuvlar amalga oshirilishi ma'lum qilindi.
Shundan so’ng tadbir qatnashchilari chorvachilik, bog’dorchilik, paxtachilik, urug’chilik, qishloq xo’jaligi texnikalari kabi turli qishloq xo’jaligi tarmoqlarida faoliyat olib borayotgan turkiyalik ishbilarmonlar ko’rgazmalari bilan yaqindan tanishdilar.
Kun davomida “O’zbekiston va Turkiya o’rtasida paxta yetishtirish va paxta tozalash sanoatida, chigit delintatsiyasida hamkorlik va ikki davlatning tajribalari”, “Chorvachilik xo’jaligi va rivojlantirishda yangi texnologiyalarning ahamiyati” mavzusida panel sessiyalar tashkil etiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram