Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
VILOYATIMIZDA BELARUSNING "BELLESBUMPROM" KONTSERNI TARKIBIGA KIRUVCHI YIRIK MEBELSOZLIK KOMPANIYALARI BILAN HAMKORLIKDA ZAMONAVIY MEBEL ISHLAB CHIQARISH YO’LGA QO’YILADI
2022-12-16 09:00:11 207
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Belarus Respublikasidagi 50 dan ortiq yirik yog’ochni qayta ishlash, qog’oz-tsellyuloza ishlab chiqarish va mebelsozlik korxonalarini o’zida jamlagan "Bellesbumprom" kontserni raisi o’rinbosari Gennadiy Dikovitskiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda mebelsozlik sohasida viloyatimizda qo’shma ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Zamonaviy uy va ofis mebellari, mebel panellari, ishlab chiqaruvchi Belarusning yirik korxonalari – “FanDok” kompaniyasi bosh direktori Andrey Portyankov, “Mebelnaya fabrika” kompaniyasi direktori Sergey Potapenko, “Rechitsadrev” OAJ bosh direktori o’rinbosari Dmitriy Prigara ishtirokida o’tkazilgan muloqotda Farg’ona viloyatining mebelsozlik imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi, Quvasoy shahrida va Buvayda tumanida faoliyat olib boruvchi mebelsozlik korxonalari bilan hamkorlikda viloyatimizda zamonaviy mebel ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish masalasi ko’rib chiqildi.
Farg’ona viloyati mebelsozlari imkoniyatlarini yuqori baholagan "Bellesbumprom" kontserni raisi o’rinbosari Gennadiy Dikovitskiy, ishlab chiqarilayotgan mebellarni jahon bozori talablariga moslashtirish, sifatli xomashyodan foydalanish, xalqaro ekologik va sifat sertifikatlarini olish hamda korxonalarga ISO 9001 standartlarini olish borasidagi masalalarni hal etish orqali katta eksport imkoniyati shakllanishini qayd etdi.
Hamkorlikda amalga oshirish rejalashtirilayotgan loyiha doirasida Belarusdan olib kelinadigan xomashyo hamda "Bellesbumprom" kontserni kompaniyalarining xalqaro bozor talablariga mos mebel ishlab chiqarish tajribasidan foydalaniladi.
Yangi tashkil etilishi ko’zda tutilayotgan korxonada zamonaviy eksportbop mebellar, mebel panellari, shuningdek uy va ofis eshiklari ishlab chiqarish yo’lga qo’yiladi.
Uchrashuvda shuningdek viloyatimizdagi turistik zonalar infratuzilmalarini yaxshilash maqsadida Belarus kompaniyalari ishtirokida yengil konstruktsiyali yog’och panel uylar qurish borasida ham hamkorlik masalasi muhokama qilindi.
"Bellesbumprom" vakillarining mahalliy tadbirkorlar bilan muzokaralaridan so’ng hamkorlikning keyingi bosqichlarini davom ettirishga kelishildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram