Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 131 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATI VA INCHXON O’RTASIDA BIRODARLASHGAN HUDUDLAR KELISHUVI IMZOLANDI

×

 2022-12-16 13:32:28    495

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’onaga amaliy tashrif bilan kelgan Koreya Respublikasi Inchxon metropoliten shahri hokimining barqaror rivojlanish hamda siyosiy masalalar bo’yicha o’rinbosari Xen Suk Li boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda Farg’ona viloyati bilan Inchxon shahri o’rtasida iqtisodiy-investitsion aloqalarni hamda ijtimoiy, madaniy boshqa qator sohalarda samarali hamkorlikni rivojlantirish masalasi muhokama qilindi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidentining do’stligi va siyosiy irodasi O’zbekiston-Koreya hamkorligiga yangi sur'at bag’ishlagani hamda ko’p qirrali munosabatlarning izchil rivojlanishiga omil bo’layotgani muloqot davomida alohida qayd etildi.

Hozirgi kunda viloyatimizda Koreya kapitali ishtirokida jami 43 ta korxona faoliyat olib borayotgani, o’tgan 2021 yilda 17,3 million dollarni tashkil etgan to’g’ridan to’g’ri Koreya investitsiyalari joriy yilning o’tgan 11 oyida qariyb 45 million dollarga yetgani, o’zaro manfaatli hamkorlikning bugungi rivojiga to’liq hamohangligi ta'kidlandi.

Iqtisodiyoti va sanoati o’ta rivojlangan, xalqaro biznesning markazi bo’lgan Inchxon metropoliten shahri bilan Farg’ona viloyati o’rtasida hududlararo hamkorlikni ko’p tomonlama rivojlantirishga kelishib olindi.

Koreyaning eng yirik aeroporti joylashgan Inchxondan Farg’ona shahriga to’g’ridan to’g’ri aviaqatnovlar yo’lga qo’yish masalasini tezlashtirish bo’yicha fikr almashildi.

Xen Suk Li xonim Inchxon metropoliten shahri meri nomidan viloyat hokimi Xayrullo Bozorovni Inchxonga rasmiy taklif qildi. Viloyat delegatsiyasining Inchxonga tashrifini kelgusi yilda amalga oshirish rejalashtirildi.

Uchrashuv yakunida Farg’ona viloyati va Inchxon o’rtasida savdo, investitsiya, fan, ta'lim, madaniyat, san'at, sport, turizm va boshqa yo’nalishlar bo’yicha keng ko’lamli hamkorlikni ko’zda tutgan birodarlashgan hududlar kelishuvi imzolandi.

Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosarlari Iqboljon Ergashev, Xurshidjon Ahmedov, Koreya-O’zbekiston Biznes assotsiatsiyasi rahbarining birinchi o'rinbosari Edvard Kim ham ishtirok etdilar.
















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram