Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 118 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


KOREYA KOMPANIYASI BILAN YONG’INDAN HIMOYA QILISH VA SANOAT XAVFSIZLIGI SOHASIDAGI HAMKORLIK O’RNATILDI. FARG’ONALIK 300 NAFAR YONG’IN XAVFSIZLIGI XODIMLARI KELGUSI YIL KOREYADA MALAKA OSHIRADI

×

 2022-12-16 16:02:02    216

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’onaga Koreya Respublikasining Inchxon delegatsiyasi tarkibida tashrif buyurgan TDC kompaniyasi prezidenti Chan In Choyni qabul qildi.

Koreya-O’zbekiston Biznes assotsiatsiyasi rahbarining birinchi o'rinbosari Edvard Kim ishtirokida bo’lib o’tgan muloqotda Farg’ona viloyati hokimligi va TDC kompaniyasi o’rtasida yong’indan himoya qilish va sanoat xavfsizligi sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, Farg’ona shahrida barpo etilayotgan Ekoshahar hududida Koreya kompaniyasi investitsiyasi hisobiga zamonaviy turar-joylar barpo etish masalasi ham uchrashuv kun tartibidan o’rin oldi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov O’zbekistondagi rivojlanishning yangi davrida ko’p qavatli uylar qurilishi jadal borayotgani, yirik ishlab chiqarish ob'ektlari soni muttasil ortib borayotganini ta'kidlab, bu jarayonda aholini va ob'ektlarni yong’indan va favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish yanada dolzarblik kasb etayotganini qayd etdi. Viloyat rahbari bu sohada ilg’or Koreya tajribasini o’rganish hamda joriy etish bo’yicha hamkorlik samarali bo’lishiga ishonch bildirdi.

Muloqot chog’ida 2022 yil davomida Farg’onaga Janubiy Koreya tomonidan 3 dona maxsus o’t o’chirish avtomobili va 1 dona tibbiy tez yordam texnikasi, shuningdek, himoya vositalari va jihozlari bepul yetkazib berilgani qayd etildi. Kelgusi 2023 yilda yana 5 dona tibbiy tez yordam texnikasi yetkazib berilishi Koreya tomonidan ma'lum qilindi.

Uchrashuv davomida farg’onalik 300 nafar yong’in xavfsizligi xodimlarining kelgusi yil Koreya tomoni hisobidan ushbu mamlakatda malaka oshirishi yuzasidan kelishuvga erishildi.

Farg’ona viloyati hokimligi va TDC kompaniyasi o’rtasida yong’indan himoya qilish va sanoat xavfsizligi sohasida hamkorlik bo’yicha memorandum imzolandi.

Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig’i Ilhomjon Qo’chqorov ham ishtirok etdilar.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram