
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
KOREYA KOMPANIYASI TOMONIDAN FARG’ONADA ZAMONAVIY MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASI BARPO ETISHGA KIRISHILMOQDA

2022-12-16 19:09:46 546
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Koreya-O’zbekiston Biznes assotsiatsiyasi rahbarining birinchi o'rinbosari Edvard Kim hamda Koreyaning “Edulink Global” kompaniyasi prezidenti Chungrim Xanni qabul qildi.
Uchrashuvda “Edulink Global” kompaniyasi tomonidan Farg’ona shahrida barpo etishga kirishilayotgan, innovatsion ta'lim tizimiga asoslangan va yuqori darajada ingliz tili o’rgatishga ixtisoslashgan zamonaviy maktabgacha ta'lim muassasasi loyihasini amalga oshirish jarayonlari bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi. Muassasani barpo etish ishlari 2023 yil boshida boshlanishi, qurilish ishlari bilan birga jihozlar keltirishga hamda mutaxassislarni tayyorlashga ham kirishilishi ma'lum qilindi. Dastlabki bosqichda 400 o’rinli bo’lishi rejalashtirilgan ushbu maktabgacha ta'lim tashkiloti kelgusi yil oktyabr oyiga qadar foydalanishga topshiriladi.
Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati delegatsiyasining joriy yil mart oyida Koreyaga tashrifi doirasida Seulda Chungrim Xan bilan muzokaralar o’tkazilib, viloyat hokimligi va “Edulink Global” kompaniyasi o’rtasida Farg’onada maktabgacha ta'lim sohasiga investitsiya kiritish yuzasidan qiymati 2 million dollar bo’lgan hamkorlik memorandumi imzolangandi. Amalga oshirilayotgan loyiha ushbu kelishuv doirasida hayotga tadbiq etiladi.
Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev, viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig’i Yulduz Xodjayeva ham ishtirok etdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram