Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 114 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


UZ-SEGANG KOMPANIYASI FARG’ONA MEVA-SABZAVOTLARINING JAHON BOZORLARIGA EKSPORTI GEOGRAFIYASINI VA KO’LAMINI YANADA KENGAYTIRADI

×

 2022-12-16 19:31:41    329

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’onada qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va eksportga tayyorlashga ixtisoslashgan “Uz-Segang” MChJ O’zbekiston-Koreya qo’shma korxonasi rahbari Xurshid Normatov hamda korxonaning koreyalik investorlari San Von Yun va Gi Pxyon Limni qabul qildi.

Muloqot chog’ida “Uz-Segang” korxonasi faoliyatini yanada rivojlantirish, qo’shimcha xorijiy investitsiyalar yo’naltirish, Farg’ona meva-sabzavotlarining jahon bozorlariga eksporti geografiyasini va hajmini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Bugungi kunda jahon bozorida shakllangan yangi kon'yunktura holatida yangi bozorlarni kashf etish hamda doimiy bozorlarda mavjud o’rinni mustahkamlash borasida fikr almashildi.

Quvasoy shahrida “Uz Segang” MChJ tomonidan 500 gektar maydonda amalga oshirilgan “Zamonaviy bog’ va tomchilatib sug’orishni tashkil etish” loyihasi korxona faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim omil bo’lishi qayd etildi.

Koreyalik investorlar hamkorlik ko’lamini yanada kengaytirish yo’lida ish tashkil etishga qarorli ekanliklarini bildirishdi.

Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev, Koreya-O’zbekiston Biznes assotsiatsiyasi rahbarining birinchi o'rinbosari Edvard Kim ham ishtirok etdilar.













Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram