Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 133 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


KOREYANING "KOREAN POPS ORCHESTRA" JAMOASI FARG’ONADA KATTA KONTSERT DASTURINI NAMOYISH ETDI

×

 2022-12-16 20:01:34    682

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat teatr va kontsert saroyida O’zbekiston va Koreya o’rtasidagi diplomatik munosabatlar o’rnatilganining 30 yilligi hamda koreys millati vakillari O’zbekistonga joylashganligining 85 yilligiga bag’ishlangan madaniy tadbir bo’lib o’tdi.

Koreya Respublikasi Inchxon metropoliten shahri hokimining barqaror rivojlanish hamda siyosiy masalalar bo’yicha o’rinbosari Xen Suk Li boshchiligidagi delegatsiya bilan birga Farg’onaga tashrif buyurgan "Korean Pops Orchestra" jamoasi farg’onaliklar uchun katta kontsert dasturini namoyish etdi.

Tadbirni ochish uchun so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Koreya Osiyo-Tinch okeani mintaqasida O’zbekiston mustaqilligini birinchi bo’lib tan olgan davlat ekaniga e'tibor qaratib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidentining sa'y-harakatlari bilan hamkorlik aloqalari so’nggi davrda yangi bosqichga ko’tarilganini qayd etdi.

Koreya Respublikasi bilan Farg’ona viloyati o’rtasida bugungi kunda keng ko’lamli iqtisodiy-investitsion aloqalar bilan birga ijtimoiy, madaniy boshqa qator sohalarda samarali hamkorlik yo’lga qo’yilganini ta'kidlagan viloyat rahbari, O’zbekistonning Koreya Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Vitaliy Fenning bu hamkorlikni kuchaytirishdagi xizmatlarini alohida minnatdorchilik bilan e'tirof etdi. Xayrullo Bozorov ushbu tadbirni hamda koreys san'atkorlarining tashrifini tashkil etishdagi katta hissasi uchun Koreya-O’zbekiston Biznes assotsiatsiyasi rahbarining birinchi o'rinbosari Edvard Kimga ham alohida tashakkurlarini bildirdi.

Koreyaning xalqaro miqyosda mashhur "Korean Pops Orchestra" jamoasi ijrosidagi kuy-qo’shiqlar zalga yig’ilganlar qatoridagi, viloyatimizda yashovchi 5 ming 600 nafardan ziyod koreys millatiga mansub fuqarolarimiz vakillarini ham mamnun etdi.

O’zbek estradasining yosh yorqin yulduzlari – Kamron Mamadaliyev, Noila Habibullayeva va Shahnoza Yoqubjonova ijrosidagi “Hech kimga bermaymiz seni, O’zbekiston” qo’shig’i bugungi O’zbekiston-Koreya madaniyati bayramiga alohida zeb berdi.































Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram