Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA UMMON INVESTITSIYASI HISOBIGA MIKROSXEMALI KARTALAR HAMDA TALABALAR UCHUN MAXSUS DASTURLI PLANSHETLAR ISHLAB CHIQARISH YO’LGA QO’YILADI
2022-12-17 16:14:55 378
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Ummon sultonligidan kelgan investor, “Oman China Investment” kompaniyasi rahbari Charlz Suni qabul qildi.
Uchrashuvda Ummon investitsiyasi hisobiga Farg’onada mikrosxemali kartalar hamda talabalar uchun maxsus dasturli planshetlar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish masalasi muhokama qilindi.
“Oman China Investment” kompaniyasi tomonidan Farg’onada amalga oshirish ko’zda tutilayotgan umumiy qiymati 22 million dollar bo’lgan investitsion loyihaning birinchi bosqichi bo’lgan ushbu korxonani tashkil etish uchun 3 million dollar xorijiy sarmoya kiritiladi. Keyingi bosqichlarda kompyuterlar hamda kommunal xizmatlar iste'molchilari uchun “aqlli” hisoblagichlar ishlab chiqarish korxonasi tashkil etish, shuningdek, ko’rgazmalar markazi hamda e-tijorat xizmatlari ham taqdim etuvchi logistika majmuasi barpo etish ko’zda tutilmoqda.
Hozirgi kunga qadar Farg’onada o’z kompaniyasini davlat ro’yxatidan o’tkazganini ma'lum qilgan “Oman China Investment” kompaniyasi rahbari, korxonani joylashtirish uchun auktsion orqali yer maydoni sotib olish bo’yicha ish tashkil qilinayotganini bildirdi. Charlz Su viloyat hokimidan talabalar uchun mo’ljallangan maxsus dasturli planshetlar ishlab chiqarish uchun dasturiy ta'minot talablarini olishda yordam berishni so’radi, bu masala Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi bilan hamkorlikda hal etib berilishi bildirildi.
Ummonlik investor tomonidan Farg’onada amalga oshirish rejalashtirilayotgan barcha loyihalar, hozirgi kun talablariga mosligini qayd etgan viloyat rahbari, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram