Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 101 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


RISHTON TUMANI “QAYRAG’OCH” MFYDA YANGI OILAVIY SHIFOKORLIK PUNKTI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2022-12-17 16:43:13    284

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumani markazidan 12 kilometr olis masofada joylashgan "Qayrag’och" oilaviy shifokorlik punkti “Qayrag’och” va “Sohibkor” mahallasida yashovchi 5000 nafardan ortiq aholiga tibbiy xizmat ko’rsatadi.

Tuman hokimligi mas'ullari, tibbiyot xodimlari, keng jamoatchilik va OAV vakillari ishtirokida mazkur tibbiyot muassasasi ochilishiga bag’ishlangan tadbirda so’z olganlar mamlakatimizda keyingi yillarda aholi sog’ligini muhofaza qilish, tibbiyot muassasalari uchun moslashtirilgan yangi binolar qurish, ularni ilg’or va zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratilayotganligi, aholiga ko’rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va saviyasi tobora yuksalib borayotganligini ta'kidladilar.

Zamonaviy qiyofaga va barcha qulayliklarga ega shifokorlik punkti yangi binosini qurilish ishlariga 1 milliard 700 million so’m mablag’ sarflandi. Bu yerda nafaqat kelib-ketuvchilar, balki faoliyat olib boradigan 25 nafar tibbiyot xodimlarining samarali ish yuritishlari uchun ham zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 noyabrdagi “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog’liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni asosida Rishton tumanida ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda, – deydi tuman tibbiyot birlashmasi boshlig’i Avazbek Usmonov.

- 14 ta xonadan iborat tibbiyot maskanida aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan barcha imkoniyatlar yetarli. Ayollar, bolalar va keksalar uchun alohida xonalar, shuningdek, ijtimoiy apteka, ginikologiya, fizioterapiya, emlash, sterilizatsiya, muolaja xonasi, laboratoriya, 2 ta kunduzgi statsionar xonalari ham mavjud. Bu yerda turli xastaliklarni erta aniqlash, malakali tibbiy xizmat ko’rsatish barobarida qator qulaylik yaratildi, – deydi OShP mudiri Muxayyoxon Mirzakarimova.

Yangi ish boshlagan oilaviy shifokorlik punkti zarur tibbiy asbob-anjomlar, jihozlar bilan ta'minlangan. Qolaversa, shifokorlarning samarali faoliyat yuritishi, shuningdek, tashrif buyuruvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram