Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
BAG’DODDA KAM TA'MINLANGAN, BOQUVCHISINI YO’QOTGAN, IJTIMOIY YORDAMGA MUHTOJ BO’LGAN 35 TA OILA FARZANDLARINING SUNNAT TO’YLARI O’TKAZILDI
2022-12-23 18:40:12 202
Bugun Bag’dod tumanida kam ta'minlangan, boquvchisini yo’qotgan, ijtimoiy yordamga muhtoj bo’lgan 35 ta oila farzandlariga sunnat to’ylari tashkillandi. Tuman hokimligi va sektor rahbarlarining tashabbusi hamda "Bag’doddonmahsulotlari" hissadorlik jamiyati rahbariyatining ko’magi bilan o’tkazilgan tadbirda to’ybolalarning yaqinlari ham ishtirok etdilar.
"Insonga e'tibor: qadr topayotgan qadriyatlar" ezgu shiori ostida o’tkazilgan to’y tantanalarida tuman hokimi Yusufjon Xusainov so’z olib, yig’ilganlarni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabrikladi, bolajonlarga va ularning yaqinlariga ezgu tilaklarini bildirdi.
Tadbirda viloyat mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig’i Bahodir Holiqov hamda “Nuroniy” jamg’armasi viloyat bo’limi raisi Zokirjon Rahmonov ham ishtirok etdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram