Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 72 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA NOGIRONLIGI BO’LGAN SHAXSLARDAN IBORAT JAMOAT BIRLASHMALARI TOMONIDAN ISHLAB CHIQARILGAN MAHSULOTLARNING KO’RGAZMA YARMARKASI BO’LIB O’TDI

×

 2022-12-23 19:40:00    351

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida viloyatdagi yagona ishtirokchisi nogironligi bo’lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarning ko’rgazma yarmarkasi bo’lib o’tdi.

Prezidentimizning 2022 yil 12 oktyabrdagi “Nogironligi bo’lgan shaxslar jamiyatlariga tegishli tashkilotlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash hamda nogironligi bo’lgan shaxslarning bandligiga ko’maklashishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-390-sonli qarori ijrosi doirasida O’zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi, Ko’zi ojizlar jamiyati, Nogironlar jamiyati hamda Karlar jamiyati viloyat hududiy bo’limlari tomonidan tashkil etilgan yarmarkada 30 ga yaqin korxonalar o’z mahsulotlari bilan ishtirok etdilar.

Ko’rgazma yarmarkaning ochilish marosimida ishtirok etgan viloyat hokimining o’rinbosari Jamshed Xatamov tadbir nogironligi bo’lgan shaxslar jamiyatlariga tegishli tashkilotlar va ularda mehnat qilayotgan nogironligi bo’lgan shaxslarning hayot sifati va faolligini yanada kengaytirishda, ijtimoiy moslashuvini oshirishda muhim qadamlardan biri bo’lishiga ishonch bildirdi.

O’tkazilgan yarmarka davomida viloyatimizdagi byudjet tashkilotlari va davlat korxonalari hamda yagona ishtirokchisi nogironligi bo’lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar o’rtasida umumiy qiymati 5 milliard so’mdan ortiq bo’lgan 45 ta kelishuvlarga erishildi. 2023 yil xarid rejalaridan kelib chiqib, mahsulotlarni kafolatli xarid qilishni nazarda tutuvchi shartnomalarni rasmiylashtirish jarayonlari davom etmoqda.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram