Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 79 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATIDA TURIZM SOHASIDA AMALGA OSHIRISH REJALASHTIRILAYOTGAN YANGI LOYIHALAR TAQDIMOTI O’TKAZILDI

×

 2022-12-24 20:39:27    1139

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyatimizda turizm yo’nalishida amalga oshirilayotgan yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Unda viloyat hokimining o’rinbosarlari Xurshidjon Ahmedov, Xojiqo’zijon Isaqov hamda tegishli viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.

12 nafar tadbirkor viloyat rahbariga turizm yo’nalishida rejalashtirilayotgan loyihalarini taqdim etdilar, loyihalarni amalga oshirishni tezlashtirish borasida turli masalalarda ko’mak so’rab murojaat qildilar. Har bir murojaat bo’yicha aniq yechim va chora-tadbirlar belgilandi.

Viloyat hokimi taqdimotlar bilan tanishar ekan, ko’plab loyihalarda tashrif buyuruvchilar va sayyohlar uchun qulayliklarni oshirishni ko’zda tutuvchi topshiriqlar berdi. Barpo etiladigan ob'ektlarni zamonaviy andozalar asosida sifatli qurish bo’yicha qator ko’rsatmalar berildi.

“Mehrigiyo” oilaviy korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan “EXPO-CENTER” loyihasi ham alohida e'tibor tortdi. Unda organik o’simliklar muzeyi, oranjereya, gastronom, kongress-xol, avto-parking va boshqa bir qator bino-inshootlar joylashadi. Korxona tomonidan Respublikada ilk Salomatlik telekanali tashkil etish rejasi ham viloyat hokimi tomonidan qo’llab-quvvatlandi.

Viloyat rahbariga So’x tumani xududida joylashgan bolalar sog’lomlashtirish oromgohi negizida “EDU LAND” MChJ tomonidan yurtimizda birinchi bor tashkil etilayotgan turizm sanoati mutaxassisliklari tayanch maktabi haqida ham batafsil ma'lumot berildi. Unda zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillar o’rgatilishi, turizm bo’yicha yetuk kadrlar zaxirasi yaratilishi ma'lum qilindi. 2023 yil yanvar oyidan faoliyat boshlaydigan mazkur maktabda kelgusida qo’shni davlatlardan o’quvchilar kelib tahsil olishlari rejalashtirilayotgani aytildi.

Viloyat rahbariga Quva tumanida joylashgan Karkidon suv ombori hududida 300 nafar mehmonlarni qabul qilish imkoniyatiga ega dam olish majmuasi loyihasi ham taqdim etildi.

Yozyovon tumanida tuyachilik turizm markazi tashkil etish loyihasi ham ijobiy baholandi, tadbirkorga tuman davlat o’rmon xo’jaligi balansidagi yer maydonlaridan ijara asosida ajratilishi belgilandi.

Taqdimot davomida Farg’ona shahridagi foydalanilmay yotgan Yoshlar ko’li o’rnida davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida bolalar uchun ko’ngilochar maskan tashkil etish loyihasini amalga oshirish bilan bog’liq masala ham ijobiy yechim topdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram