Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 82 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYATDA 2023 YILDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH YO’NALISHLARI BELGILAB BERILDI

×

 2022-12-26 10:03:52    742

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi rahbarlari va bo’limlar boshliqlari bilan Farg’ona viloyatida 2022 yilda turizm sohasida erishilgan natijalar hamda 2023 yilga mo’ljallangan rejalarni muhokama qildi.

Boshqarma boshlig’i birinchi o’rinbosari Muzaffar Temirov, 2022 yilda Farg’ona viloyatida turizm yo’nalishida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub'ektlarini qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar hamda erishilgan ko’rsatkichlar bo’yicha ma'lumot berdi.

Pandemiyadan so’ng ichki turizmni tiklash va aholining tizimli sayohatlarini tashkil etishga alohida e'tibor qaratilgani, mahalliy va xorijiy sayyohlar soni sezilarli ortgani, viloyatda joylashtirish vositalari soni yil davomida 251 tadan 303 taga yetkazilgani, ulardagi o’rinlar soni esa 3962 tadan 4786 taga ko’paygani ma'lum qilindi.

2023 yil viloyatda Turizm va xizmat ko’rsatish sohalarida tub burilish yili bo’lishi lozimligiga e'tibor qaratgan viloyat hokimi, kelgusi yil turizmni rivojlantirishning viloyatdagi asosiy yo’nalishlarini belgilab berdi.

Turizm sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish ko’lamini kengaytirish, xalqaro moliya tashkilotlari bilan viloyatda turizm infratuzilmasini rivojlantirish borasida hamkorlikni oshirish, Farg’ona sayyohlik brendini xorijda targ’ib qilish bo’yicha keng ko’lamli ish tashkil etish, So’x va Shohimardon turizm yo’nalishlarida alohida dasturlarni amalga oshirish, viloyatda noan'anaviy turizm turlarini shakllantirish, “Oltin vodiy sayyohlik halqasi”ni takomillashtirish, viloyatda tematik festivallar sonini va ko’lamini kengaytirish, A-373 avtomagistral yo’li bo’yida xizmat ko’rsatish ob'ektlarini ko’paytirish, gid va ekskurtsiya yetakchiligiga munosib kadrlar tayyorlash borasida Marg’ilon turizm va servis kolleji faoliyatini rivojlantirish, Farg’ona shahridagi Koreya xalqaro universiteti bilan turizm sohasida kadrlar tayyorlashda hamkorlikni kuchaytirish kabi yo’nalishlar 2023 yilda ustuvor bo’lishi belgilandi.

Kelgusi yil Qo’qonda bo’lib o’tadigan II Xalqaro Hunarmandchilik festivaliga hamda Rishtonda o’tkaziladigan Xalqaro kulolchilik forumiga tayyorgarlik masalalari ham alohida e'tiborda bo’lishi lozimligi ta'kidlandi.

Belgilangan topshiriqlar ijrosini ta'minlash uchun viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasiga 20 kun muddatda aniq loyihalarni o’z ichiga olgan 2023 yil manzilli Dasturi va loyihalarni amalga oshirish bo’yicha tarmoq jadvallarini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram