Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 76 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


SAVDO-SANOAT PALATASI VILOYAT HUDUDIY BOSHQARMASI FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI MUHOKAMA QILINDI

×

 2022-12-26 10:30:59    1099

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi rahbar va mas'ullari ishtirokida boshqarma tomonidan viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan hamda 2023 yilga mo’ljallangan rejalarni muhokama qildi.

Tanqidiy ruhda o’tgan muloqotda Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan 2022 yilda amalga oshirilgan ishlar qoniqarsiz deb baholandi. Boshqarma tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish, tadbirkorlikka ko’maklashish, tadbirkorlik sub'ektlarini xorijiy bozorlarga chiqishida ko’maklashish kabi asosiy yo’nalishlarda sust faoliyat tashkil qilgani, tashabbus va amaliy takliflar deyarli yo’qligi qayd etildi.

Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasiga o’z faoliyatini tubdan o’zgartirish, bu borada ilg’or xorijiy tajribalardan foydalanish bo’yicha ko’rsatma berildi.

2023 yilda mahalliy tadbirkorlarni kompleks qo’llab-quvvatlash bo’yicha aniq chora-tadbirlar belgilash, MDH hamda YEvropaning rivojlangan mamlakatlaridagi hududiy savdo-sanoat palatalari bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish, yoshlarni tadbirkorlikka o’qitish va biznesga yo’naltirish bo’yicha ishlar ko’lamini kengaytirish, mahalliy tadbirkorlarni xorijdagi muhim o’quv seminarlarida ishtirokini ta'minlash hamda viloyatimizda ham bunday seminarlarni tashkillash, xorijiy mamlakatlardagi yirik ko’rgazma va yarmarkalarda viloyatimiz tadbirkorlik sub'ektlari ishtirokiga ko’maklashish, yirik xalqaro onlayn savdo platformalariga viloyatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni joylashtirishga yordamlashish kabi yo’nalishlarda 2023 yil uchun manzilli Dastur va loyihalarni amalga oshirish bo’yicha tarmoq jadvallarini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram