Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONA SHAHRIDAGI TEKSTIL KORXONASIDA LOYIHA QIYMATI 10 MILLION DOLLAR BO’LGAN BO’YASH LINIYASINING ISHGA TUSHIRILISHI HISOBIGA 300 TA YANGI ISH O’RNI YARATILDI
2022-12-26 20:30:54 195
Bugun Farg’ona shahar "1-Besh bola" MFY hududida joylashgan "A.Akbarali" MChJ korxonasida yangi trikotaj matolari va sochiq mahsulotlarini bo’yash liniyasi ishga tushirildi. Ochilish tadbirida viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullo Qosimov, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Yangi liniyaga Italiyaning "SPA", "PENTEK" hamda Turkiyaning "DILMENLER BIANCO" korxonalaridan zamonaviy texnologiyalar olib kelindi. Natijada 3,36 ming tonna trikotaj matolari, 1,68 ming tonna sochiq matosini bo’yash quvvatiga ega bo’ldi. Yil davomida esa 5 million dollar eksport qilinishi belgilangan. Yangi liniyaning ishga tushirish uchun 10 million dollar sarmoya yo’naltirildi. Ushbu mablag’dan 6 million dollari bank krediti hisobiga to’g’ri keladi.
Yangi liniyaning foydalanishga topshirilishi hisobiga 300 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram