Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 63 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“QUVA TEKSTIL" MCHJ KORXONASIDA LOYIHA QIYMATI 11 MILLION DOLLAR BO’LGAN TAYYOR MAHSULOT ISHLAB CHIQARISHNI KENGAYTIRISH LOYIHASI AMALGA OSHIRILDI

×

 2022-12-26 22:00:34    707

PDF yuklash
Chop etish


Quva tumani O’zbek MFY hududidagi “Quva Tekstil" MChJ tomonidan tayyor mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida amalga oshirilgan loyiha yakunlanib, yangi bo’lim foydalanishga topshirildi. Ochilish tadbirida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari ishtirok etdilar.

Tadbirda so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov yig’ilganlarni hamda korxona jamoasini kirib kelayotgan yangi yil bilan tabriklab, Prezidentimiz boshchiliklaridagi ulkan islohotlar jarayonida mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning bugungi natijalariga to’xtaldi. Tadbirkorlar bugun aholining doimiy daromad manbaini shakllantirishda, ish o’rinlari bilan ta'minlashda bosh omil bo’layotganiga e'tibor qaratgan viloyat rahbari, yurtimizda ip-kalavani tayyor mahsulotgacha qayta ishlash darajasini 100 foizgacha ko’tarish orqali yuz minglab fuqarolarning bandligini ta'minlash imkoniyati mavjudligini ta'kidlab, bugun foydalanishga topshirilayotgan loyiha bu boradagi sezilarli qadamlardan biri ekanini qayd etdi.

Yangi bo’limda ishlab chiqarish quvvati yillik 2,5 ming tonna tayyor sochiq mahsulotlarini tashkil etadi. Bugungi kunda korxonada 12 ming tonna kalava ipni qayta ishlash quvvati shakllantirildi. Endilikda korxonaning yillik eksporti hajmi 32 million dollarga yetishi ma'lum qilindi.

Qisqa muddatda amalga oshirilgan ushbu loyiha qiymati 11 million dollar bo’lib, shundan, tadbirkorning o’z mablag’i hisobidan 4 million dollar yo’naltirilgan bo’lsa, qolgan 7 million dollar qismi uchun bank krediti taqdim etildi.

Korxonaga mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun Italiyaning “ITEMA” va “SAVIO POLOR” korxonalari, Germaniyaning “OIRLYCON” korxonasi hamda Shvetsariyaning “RIETER” korxonasidan uskunalar olib kelingan.

Yangi loyihaning ishga tushishi natijasida 450 ta ish o’rni yaratildi, korxonadagi jami ishchilar soni qariyb 1300 taga yetdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram