Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 92 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


2023 YIL VILOYATIMIZDA QISHLOQ XO’JALIGIGA ILMIY YONDASHUV YILI BO’LADI: VILOYAT HOKIMI QUVALIK QISHLOQ XO’JALIGI SOHASI VAKILLARI BILAN UCHRASHDI

×

 2022-12-26 22:16:30    513

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Quva tumanida bo’lib, tuman qishloq xo’jaligi sohasi vakillari, mexanizatorlar, fermerlar bilan uchrashdi.

Yig’ilganlarni kirib kelayotgan yangi yil bayrami bilan samimiy tabriklagan viloyat hokimi, dehqonchilik uchun murakkab bo’lgan joriy yilda paxtachilikda, g’allachilikda va meva-sabzavot yetishtirishda yuqori natijalarni qayd etgan soha vakillariga takror o’z minnatdorchiligini bildirdi.

Viloyat hokimi shudgorlash ishlarining to’la yakunlanganligi, dalalarda g’allalar bir tekis unib chiqqanligi, yuqori hosildorlikni ta'minlashda muhim omil bo’lgan qishloq xo’jaligi texnikalarining yangi mavsumga shayligi kelgusi yilga xotirjam qadam qo’yishga imkon berishini qayd etdi.

Fermerning kuchi sifatli texnikada ekaniga e'tibor qaratgan viloyat rahbari, rahmatli Lola opa Murodovaning har yili o’z fermer xo’jaligi uchun eng zamonaviy traktorlar, kombaynlardan sotib olishini yig’ilganlarga misol qilib keltirdi.

Xayrullo Bozorov 2023 yil viloyatimizda qishloq xo’jaligiga ilmiy yondashuv yili bo’lishini ta'kidlab, kelgusi yildan barcha sug’oriladigan qishloq xo’jaligi yerlarida tuproqning agrokimyoviy tahlili o’tkazilishi va dalalarning agrokimyoviy kartogrammalarini ishlab chiqilishini ma'lum qildi. Bunda ozuqa moddalari bilan ta'minlanganlik darajasiga muvofiq mineral o’g’itlarga bo’lgan ilmiy asoslangan talab, shuningdek, tuproqning sho’rlanish darajasiga qarab melioratsiya qilish rejalari ishlab chiqiladi. Paxtachilikda bunday yondashuv bilan gektaridan 50 tsentnerdan hosil olish kelgusi yil viloyat fermerlari uchun asosiy maqsad bo’lishi qayd etildi.

Tadbir yakunida yil davomida samarali mehnat qilgan mexanizatorlar, fermerlar va ishchilarga sovg’alar topshirildi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram