Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 78 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI NATIJADORLIGI MUHOKAMA QILINDI

×

 2022-12-27 09:26:59    215

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimligi katta majlislar zalida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirokida mahalla fuqarolar yig’inlaridagi hokim yordamchilarining 2022 yilgi faoliyati yakunlari va 2023 yilda amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalariga bag’ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Videoaloqa orqali viloyatdagi shahar va tumanlar studiyalari ham ulangan uchrashuvda mahallalarda yangi ish o’rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish, hokim yordamchilarining tavsiyanomalari asosida tadbirkorlik uchun kredit va subsidiyalar ajratish, aholini kasb-hunarlar va tadbirkorlik ko’nikmalariga o’qitib o’z yo’nalishida doimiy bandligini ta'minlash bilan bog’liq masalalar atroflicha ko’rib chiqildi.

Kichik biznes sub'ektlarini tashkil etilishi, qishloq xo’jaligidagi yer maydonlarini auktsion savdolari orqali ijaraga ajratilishi, “mahallabay” mikroloyihalar shakllantirilishi, hokim yordamchilarining samaradorlik ko’rsatkichlari tahlil qilindi.

2023 yil uchun mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirishda xizmatlar ko’rsatish sohasiga alohida e'tibor qaratish, turizm salohiyatiga ega mahallalarda turistik xizmatlarni ko’paytirish lozimligi belgilandi. Turli o’quv kurslari, xususan kasb-hunar va til o’rgatish markazlari tashkil etishda tashabbuskorlarga har tomonlama yordam berish, xonadonlar tomorqalaridan hamda oilalarga ijara asosida dehqonchilik uchun tarqatilgan yerlardan samarali foydalanishni tashkil etish, har bir mahallada qurilish brigadalari tuzib, qurilish tashkilotlari bilan shartnoma rasmiylashtirgan holda mehnat qonunchiligi asosida qonuniy faoliyat olib borishlariga ko’maklashish ham hokim yordamchilarining kelgusi yildagi asosiy vazifalari qatorida bo’ladi.

Uchrashuv yakunida yil davomida eng yaxshi natijalarga erishgan hokim yordamchilariga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg’alari topshirildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram