Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
VILOYAT BOLALAR KO’P TARMOQLI TIBBIYOT MARKAZIDA ONKOGEMATOLOGIYA, KARDIOXIRURGIYA, NEYROXIRURGIYA VA CHAQALOQLAR XIRURGIYASI BO’LIMLARI UCHUN BARPO ETILGAN YANGI DAVOLASH BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
2022-12-27 18:44:08 1030
Viloyat bolalar ko’p tarmoqli tibbiyot markazida onkogematologiya, kardioxirurgiya, neyroxirurgiya va chaqaloqlar xirurgiyasi bo’limlari uchun barpo etilgan yangi davolash binosi bugun tantanali tadbir bilan foydalanishga topshirildi. Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.
Viloyat hokimi tibbiyot markazi jamoasini kirib kelayotgan yangi yil bilan qutlab, Davlatimiz rahbarining onalik va bolalikni muhofaza qilishga bo’lgan alohida e'tiborlari natijasida va qarorlari ijrosi doirasida qad rostlagan 3 qavatli yangi davolash binosi viloyatimiz aholisi uchun beqiyos tuhfa bo’lganini ta'kidladi.
Avvallari respublikamizda bu turdagi kasalliklardan aziyat chekkan bemorlar uchun dori ta'minoti yetarli bo’lmagani, ximiya terapiya usullari yo’lga qo’yilmagani sababli davolanish samaradorligi juda past bo’lganiga e'tibor qaratgan viloyat hokimi, Prezidentimizning Respublika gematologiya markaziga ilk tashriflari chog’idayoq bu sohani tubdan isloh etish bo’yicha qat'iy topshiriqlar berilganini va qisqa muddatda ulkan o’zgarishlar amalga oshirilganini qayd etdi.
Xayrullo Bozorov ilgari har bir bemor bola uchun dori-darmon xarajatlari yaqinlari tomonidan amalga oshirilganini aytib, Prezidentimizning alohida g’amxo’rliklari natijasida hozirgi kunda har bir bemor bolaga davolanish uchun o’rtacha 556 ming so’m mablag’ sarflanayotganini mamnuniyat bilan tilga oldi.
Qurilish ishlari uchun 16,5 milliard so’m mablag’ sarflangan 90 o’rinli yangi binoda 30 o’rinli onkogematologiya, 30 o’rinli kardioxirurgiya, 15 o’rinli neyroxirurgiya, 15 o’rinli chaqaloqlar xirurgiyasi bo’limlari, reanimatsiya bo’limi va operatsion blok faoliyat ko’rsatadi.
Bemor bolalarga sifatli tibbiy yordam ko’rsatish maqsadida qurilgan davolash korpusida barcha qulay sharoitlar yaratilgan bo’lib, zamonaviy jihozlar bilan ta'minlangan. Viloyat hokimi bo’limlarni eng ilg’or xorijiy jihozlar bilan ta'minlash ishlari kelgusi yilda ham davom ettirilishini ma'lum qilib, viloyat sog’liqni saqlash tizimi rahbariyatiga tibbiyot markazi shifokorlarining doimiy malaka oshirishlarini, bilim va ko’nikmalarini yuksaltirib borishlarini ta'minlash bo’yicha vazifalar yukladi.
30 o’rinli onkogematologiya bo’limining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun viloyat hokimligi tomonidan 110 million so’mlik qattiq va yumshoq jihozlar, laborator diagnostikasini yaxshilash maqsadida 94 million so’mlik uch kamerali va 1 ta binokulyar mikroskop olib berildi.
Onkogematologiya bo’limida davolangan 596 nafar bolaga byudjet mablag’lari hisobidan jami 5,3 milliard so’mlik dori-darmon va tibbiy buyumlar xarid qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram