Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 95 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA TUMANIDA VA QUVASOY SHAHRIDA CHEGARA QO’SHINLARI HARBIY XIZMATCHILARI UCHUN QURIB BITKAZILGAN XIZMAT UYLARI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2022-12-27 20:42:49    679

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimi, harbiy-ma'muriy sektor rahbari Xayrullo Bozorov viloyatimizdagi DXX chegara qo’riqlash harbiy qismlarining Farg’ona tumani Qo’rg’ontepa MFY hududidagi hamda Quvasoy shahar Lashkar MFY hududidagi chegara qo’riqlash harbiy bo’linmalarida qurib bitkazilgan yangi ko’p qavatli uy-joylarni foydalanishga topshirish marosimida ishtirok etdi.

Farg’ona tumanida umumiy qiymati 24,88 milliard so’m bo’lgan qurilish-bunyodkorlik ishlari natijasida 3 qavatli ma'muriy bino hamda 16 xonadonli ikkita turar-joy, bolalar sport va o’yin maydonchalari barpo etildi, hudud obodonlashtirildi.

Quvasoy shahrida esa 8,31 milliard so’m mablag’ hisobiga 5 qavatli 48 xonadonli turar-joy qurib bitkazildi, bo’linma hududi ko’kalamzorlashtirildi.

Yangi xizmat uylarini chegarachilarga topshirish tadbirlarida so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov yig’ilganlarni kirib kelayotgan yangi yil bilan qutlab, 2023 yil yurtimizga qutlug’, barakotli yil bo’lishiga, chegaralarimizda hamisha tinchlik, xotirjamlik hukm surishiga tilak bildirdi.

Prezidentimiz tomonidan boshlangan islohotlarning ilk kunlaridanoq O’zbekistonda harbiy qurilish sohasini tubdan isloh qilishga qaratilgan eng muhim va ustuvor yo’nalishlar belgilab olinganiga, harbiylarni uy-joy bilan ta'minlash, oila a'zolarini qo’llab-quvvatlash uchun munosib shart-sharoitlar yaratish ustuvor yo’nalishlardan biri bo’lib kelayotganiga e'tibor qaratgan Xayrullo Bozorov, bugun foydalanishga topshirilgan yangi xonadonlar, chegarachilarimizni ruhini ko’tarib, kuchiga kuch qo’shishini, o’z xizmat vazifalarini xotirjam, ko’ngillari to’q bo’lib bajarishlarida, yanada sadoqat va vatanparvarlik hissi bilan jonajon Vatanimiz sarhadlarini qo’riqlashlarida muhim omil bo’lishini qayd etdi.

Tadbirlarda DXX Chegara qo’shinlariga qarashli harbiy qism bo’linmalarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarga yangi xizmat uylari kalitlari, shuningdek, oilalariga sovg’alar topshirildi.

Ramziy lentalar qirqilib, yig’ilganlar xonadonlarda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram