Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
QUVASOY SHAHRIDA KO’P QAVATLI ZAMONAVIY TURAR-JOY BINOLARI QAD ROSTLAMOQDA
2022-12-27 21:14:20 216
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Quvasoy shahrining Pakana MFY hududida barpo etilayotgan 10 ta 5 va 7 qavatli turar-joylar qurilishi ishlarining borishi bilan tanishdi.
Jami 310 ta xonadondan iborat, 2 ta 7 qavatli hamda 8 ta 5 qavatli turar-joylar qurilishi jadallik bilan davom etmoqda, dastlabki xonadonlarda pardozlash ishlari ham olib borilmoqda.
Pakana MFY hududining viloyat markaziga tutash joylashuvi, kommunal ta'minot yaxshi yo’lga qo’yilgani sababli qurilayotgan uylarga Farg’ona shahrida yashab faoliyat olib borayotgan fuqarolardan ham talab yuqori ekanligi ma'lum qilindi.
Viloyat hokimi qurilish tashkilotlari rahbarlari hamda shahar mas'ullari ishtirokida o’tkazilgan muloqotda qurilish ishlarini sifatli yakunlash, hududni obodonlashtirish hamda bolalar va sport maydonchalari barpo etish masalasiga ham alohida e'tibor qaratish bo’yicha topshiriq va ko’rsatmalar berdi.
Bir yil oldin, 2021 yil noyabr oyida Quvasoy shahridagi o’rganishlari paytida viloyat hokimi shaharda qurilish sohasidagi ishlarning holatini qoniqarsiz deb baholagandi. O’tgan davr ichida Quvasoy shahrida aholi uchun ko’p qavatli uy-joylar qurilishini samarali tashkil etish bo’yicha sezilarli ishlar amalga oshirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram