Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
TOSHLOQDA PAXTA-TO’QIMACHILIK KLASTERINING LOYIHA QIYMATI 78,3 MILLIARD SO’M BO’LGAN YOG’ MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARUVCHI YANGI KORXONASI ISH BOSHLADI
2022-12-28 15:50:57 836
Bugun Toshloq tumanidagi Expo Kollor Prin Teks paxta-to’qimachilik klasterining yangi qurib bitkazilgan yog’ mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yangi korxonasi tantanali tadbir bilan ochilib, ish boshladi. Ochilish tadbirida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.
Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan mamlakatimizda paxta-to’qimachilik klasterlari tizimi joriy etilgani natijasida, «Paxta xom ashyosidan tayyor mahsulotgacha» bo’lgan zanjirni qamrab olgan yirik ishlab chiqarish majmualari shakllanayotganini qayd etgan viloyat hokimi, aholi bandligi va daromadlarini yanada oshirishda bu muhim omil bo’layotganini ta'kidladi.
Expo Kollor Prin Teks paxta-to’qimachilik klasterining yog’ mahsulotlari ishlab chiqaruvchi ushbu korxonasi, yangi quvvatlarni ishga tushirish, ip-yigiruv, matoni to’qish va bo’yash, tikuvchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, chigitni qayta ishlash, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish kabi yo’nalishlarda Prezidentimiz tomonlaridan klasterlarga yuklatilgan vazifalarning yana bir amaliy ijrosi ekaniga e'tibor qaratgan viloyat rahbari, “Bugun ish boshlayotgan korxonada 280 ta doimiy ish o’rni yaratilayotgani, bu – 280 ta xonadon doimiy daromad manbaiga ega bo’ldi degani. Bugungi olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadi ham odamlarimizni munosib ish o’rni va shunga yarasha ish haqi bilan ta'minlashdan iborat”, dedi.
Loyiha qiymati 78,3 milliard so’m bo’lgan korxona, ta'sischilarning 38 milliard so’m mablag’i hamda Mikrokreditbankning 3,7 million dollar krediti hisobiga tashkil etildi. Yillik yog’ ishlab chiqarish quvvati 15 ming tonnani tashkil etib, qayta ishlangan chigitdan, shuningdek, kungaboqar va boshqa moyli ekinlardan rafinadlangan yog’, kunjara va shulxa mahsulotlari ishlab chiqariladi.
Bir yilda korxonada 225 milliard so’mlik yog’ ishlab chiqarilishi ko’zda tutilgan. Korxona ish boshlashi bilan uch smenada 280 ta doimiy ish o’rni yaratildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram