Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 63 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QUVASOY SHAHRIDA LOYIHA QIYMATI 20 MILLION DOLLAR BO’LGAN ART SOFT CERAMICS KERAMOGRANIT PLITALAR ISHLAB CHIQARISH KORXONASI ISHGA TUSHIRILDI

×

 2022-12-28 16:44:34    797

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Quvasoy shahridagi Pakana MFY hududida tashkil etilgan kichik sanoat zonasida loyiha qiymati 20 million dollar bo’lgan Art Soft Ceramics keramogranit plitalar ishlab chiqarish korxonasi ishga tushirildi. Tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbarining oqilona siyosatlari, o’zlari bosh bo’lgan holda, har qanday sinovdan muvaffaqiyatli o’tish yo’lini aniq-ravshan belgilab berayotganliklari natijasida so’nggi yillardagi pandemiya, dunyodagi chuqur iqtisodiy va siyosiy inqirozlar, ziddiyatlarga qaramasdan, bugun mamlakatimiz barcha iqtisodiy ko’rsatkichlarda yuqori natijalar qayd etayotganini qayd etgan viloyat hokimi, bunda tadbirkorlar sonini ko’paytirish, odamlarni ishbilarmon qilish asosiy omil bo’layotganini ta'kidladi.

Bugun 40 dan ziyod korxonani birlashtirgan hamda tarkibida 10 ming nafardan ziyod ishchi-xodimlar mehnat qilayotgan Art Soft xoldingi, Prezidentimizning jamiyatimizda tadbirkorlik muhitini qaror toptirish va tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash borasidagi islohotlarining mevasi ekaniga e'tibor qaratgan viloyat rahbari, ushbu kompaniya bundan atigi bir necha yil avval kichik ishlab chiqarish korxonasi sifatida ish boshlaganini esga oldi.

Ta'sischilarning 8 million dollar o’z mablag’lari hamda 12 million dollar Aloqabank krediti hisobiga qisqa muddatda tashkil etilgan korxonada, yillik 2 million kv.m keramogranit plitalari ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarilgan mahsulotning qariyb 15 million dollarlik qismi xorijga eksport qilinadi, qolgan katta qismi ichki bozorga yo’naltiriladi. Korxonada 220 ta yangi ish o’rni yaratilib, xodimlar uchun munosib mehnat sharoiti yaratilgan.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram