Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
PAXTACHILIKDA KELGUSI YIL GEKTARIDAN 50 TSENTNERDAN HOSILNI KO’ZLAB ISH TASHKIL QILAMIZ! – XAYRULLO BOZOROV UCHKO’PRIK VA FARG’ONA TUMANLARIDA QISHLOQ XO’JALIGI SOHASI XODIMLARI VA MEXANIZATORLAR BILAN UCHRASHDI
2022-12-29 20:51:23 188
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun Uchko’prik va Farg’ona tumanlarida bo’lib, har ikki tumanda qishloq xo’jaligi sohasi vakillari, mexanizatorlar, fermerlar bilan uchrashuv o’tkazdi, texnikalarning kelgusi mavsumga shayligini ko’zdan kechirdi. Viloyat rahbari kirib kelayotgan yangi yil bayrami oldidan tashkil etilgan uchrashuvlarda soha xodimlarini bayram bilan qutlab, joriy yilda samarali mehnat qilgan ishchilar va mexanizatorlarga bayram sovg’alari hamda pul mukofotlarini topshirdi. Farg’ona tumanida paxta-to’qimachilik klasteri tomonidan mexanizator va agronomlarning bir guruhi xorijga sayohat yo’llanmasi bilan ham taqdirlandi.
Uchko’prik tumanidagi uchrashuvda tumanning so’nggi ikki yildagi qishloq xo’jalik sohasidagi natijalari tanqidiy tahlil ham qilindi. Viloyatimizda joriy mavsumda gektaridan 60 tsentnergacha paxta hosili olishga erishgan fermerlar qatorida Uchko’prik tumanida hosildorlikni 10 tsentnerga ham yetkazolmagan fermerlar ham bo’lganini, tumanda paxta yetishtirish shartnomaviy majburiyatlari ikki yildan beri bajarilmayotganiga e'tibor qaratgan viloyat hokimi, har bir fermer xalq oldida, davlat oldida o’z mas'uliyatini to’la his etishi lozimligini ta'kidladi. Kelgusi yildan yondashuvni tamomila o’zgartirish shartligini qayd etgan viloyat hokimi, dunyoda energiya resurslari narxlarining oshishi mamlakatimiz qishloq xo’jaligiga ham o’z ta'sirini o’tkazayotgani, mahsulot yetishtirish tannarxi oshib borayotganini aytib, hosildorlikni ko’tarish orqaligina rentabellikka erishish mumkinligini uqtirdi. Har bir fermer avvalo o’z manfaati uchun harakat qilishi, o’z xodimlarining ham munosib ish haqiga ega bo’lishini ta'minlashi lozimligi, yilni o’z mas'uliyatsizligi natijasida zarar bilan yakunlagan fermerning ishchi-xodimlari bundan aziyat chekmasligi kerakligi ta'kidlandi.
Har ikki tumanda bo’lib o’tgan uchrashuvlarda 2023 yil viloyatimizda qishloq xo’jaligiga ilmiy yondashuv yili bo’lishi alohida ta'kidlandi. Kelgusi yildan barcha sug’oriladigan qishloq xo’jaligi yerlarida tuproqning agrokimyoviy tahlili o’tkazilishi va dalalarning agrokimyoviy kartogrammalarini ishlab chiqilishi ma'lum qilindi. Bunda ozuqa moddalari bilan ta'minlanganlik darajasiga muvofiq mineral o’g’itlarga bo’lgan ilmiy asoslangan talab, shuningdek, tuproqning sho’rlanish darajasiga qarab melioratsiya qilish rejalari ishlab chiqiladi. Har bir fermer xo’jaligining bitta konturida yangi uslub bilan bir gektar joyga 200 mingtadan chigit ekish tajribasi tadbiq etiladi. Agrotexnik tadbirlar davomida 5 marta keng qamrovli g’o’za o’sishini boshqaruvchi Sojean preparati sepiladi. YEtishtirilgan hosil to’la defolyatsiyadan o’tkazilgach, bir martada qo’lda yoki mashina yordamida terib olinadi, oktyabr oyidayoq yerni to’la shudgorlash, dekabrgacha texnikalarni kelgusi mavsumga shay qilib qo’yish imkoni yaratiladi. Viloyat hokimi bu uslub bilan bu yil 50 tsentnerdan oshirib hosil olgan fermerlarni misol keltirib, kelgusi yilgi viloyat bo’yicha tajriba muvaffaqiyatli bo’lsa, 2024 yildan bu usul to’la tadbiq etilishini bildirdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram