Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 82 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XALQ DEPUTATLARI VILOYAT KENGASHINING SESSIYASIDA FARG’ONA VILOYATINING 2023 YILGI MAHALLIY BYUDJETI TASDIQLANDI

×

 2022-12-30 17:50:06    291

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimligi katta majlislar zalida xalq deputatlari Farg’ona viloyat Kengashining navbatdagi ellik ikkinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.

Sessiya ishida viloyatdan saylangan Oliy Majlis Senati a'zolari, viloyat Kengashi deputatlari, viloyat hokimining tegishli o’rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. Sessiyaga viloyat hokimi Xayrullo Bozorov raislik qildi va olib bordi.

Dastlab Farg’ona viloyatining 2023 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash masalasi ko’rib chiqildi.

Viloyat moliya bosh boshqarmasi boshlig’i Zafarjon Ro’zaliyevning 2022 yil yakuni bilan Farg’ona viloyati mahalliy byudjetining kutilayotgan ijrosi hamda 2023 yilga mo’ljallangan byudjet va soliq siyosatini yanada takomillashtirish bo’yicha ishlab chiqilgan viloyat mahalliy byudjeti loyihasi to’g’risidagi axboroti tinglandi.

Ta'kidlandiki, dastlabki hisob-kitoblarga ko’ra, 2022 yil uchun 3 trln. 621,4 mlrd. so’m prognoz qilingan mahalliy byudjet daromadlari, yil yakuni bo’yicha 4 trln. 272,1 mlrd. so’mga (118%) bajarilishi kutilmoqda. Natijada mahalliy byudjet daromadlarining prognozdan oshirib bajarilishi 650,7 mlrd. so’mni tashkil etadi.

2023 yilgi viloyat mahalliy byudjet daromadlari prognozi esa 5 trln. 437,8 mlrd. so’m etib belgilanmoqda. Bunda, mahalliy byudjetga soliq organlari tomonidan undiriladigan daromadlar 4 trln. 799,4 mlrd. so’m hamda qolgan 638,4 mlrd. so’mi respublika byudjetidan mahalliy byudjetga o’tkazib beriladigan daromadlardan shakllanadi.

2023 yil uchun viloyat mahalliy byudjetining xarajatlari 7 trln. 618,9 mlrd. so’mni, Respublika byudjetidan viloyat byudjetiga ajratiladigan tartibga soluvchi byudjetlararo transfert miqdori 2 trln. 181 mlrd. so’mni tashkil etishi belgilangan.

Sessiyada ma'ruzachi tomonidan viloyat mahalliy byudjeti xarajatlari haqida yo’nalishlar va sohalar kesimi bo’yicha ham ma'lumotlar berildi.

Deputatlar 2023 yil viloyat byudjeti yuzasidan o’zlarini qiziqtirgan savollar va takliflarni o’rtaga tashladilar. Muhokamalardan so’ng Farg’ona viloyatining 2023 yilgi mahalliy byudjeti bir ovozdan tasdiqlandi.

Sessiyada viloyat hokimining o’rinbosari Xojiqo’zijon Isaqov “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-408-sonli Prezident qarori bilan tasdiqlangan Dastur doirasida viloyatda amalga oshirilayotgan loyihalar ijro holati yuzasidan axborot taqdim etdi.

“2022–2026 yillar davomida amalga oshirilishi mo’ljallangan “Xavfsiz va ravon yo’l” umummilliy dasturini tasdiqlash to’g’risida”gi PQ-316-sonli Prezident qarori ijrosi yuzasidan viloyat avtomobil yo’llari hududiy bosh boshqarmasi boshlig’i Oybek Nazirovning hisoboti ham eshitildi.

Sessiya davomida xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, kasbga o’qitish va bandligini ta'minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, gender tenglikni ta'minlash borasida viloyatda olib borilayotgan ishlar ham ko’rib chiqildi. “Ayollar daftari”ga kiritilgan 79 ming 463 nafar xotin-qizlarga tegishli amaliy yordamlar ko’rsatilishi uchun joriy yilda jami 104,5 mlrd. so’m, shundan mahalliy byudjetdan 65 mlrd. so’m mablag’ ajratilgani, ming nafarga yaqin ayollarga uy-joylar berilgani ma'lum qilindi. Kelgusi yilda daftarga kiritilgan ayollarga yordam ko’rsatishda, ularni ish bilan, doimiy daromad manbai bilan ta'minlash asosiy e'tiborda bo’lishi lozimligi qayd etildi.

Shuningdek, sessiyada Qo’shtepa tumani hokimligining tumanda bo’sh turgan bino-inshootni auktsion orqali savdoga chiqarish yuzasidan murojaati bo’yicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat hududiy boshqarmasining Kengashga yuborgan xati ijrosi ham ko’rib chiqildi.

Ko’rilgan har bir masala yuzasidan xalq deputatlari viloyat Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram