Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 144 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


JORIY YILDA YUQORI NATIJALARGA ERISHGAN VILOYATIMIZ SPORTCHILARI TAQDIRLANDILAR

×

 2022-12-30 18:46:19    727

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahridagi “Afrosiyob” tantanalar majmuasida joriy yilda jahon, Osiyo chempionatlarida hamda nufuzli xalqaro turnirlarda, Respublika musobaqalarida yuqori natijalarga erishgan viloyatimiz sportchilari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Tantanali marosimda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi. Viloyatimiz sportchilarini hamda murabbiylarini, soha mutasaddilarini kirib kelayotgan yangi yil bilan qutlab, joriy yilda xalqaro sport maydonlarida mamlakatimizning nufuzi va obro’-e'tiborini oshirishga qo’shgan katta hissalari uchun minnatdorchilik bildirdi va kelgusi yil Farg’ona viloyati sportchilari uchun yorqin g’alabalarga bundan ham boy bo’lishiga ishonch bildirdi.

Davlatimiz rahbarining O’zbekiston sportini yanada rivojlantirish va uni yangi bosqichga olib chiqish masalasiga alohida e'tiborlari hamda bu borada qabul qilingan qator qarorlari natijasida sportchilarimiz yurtimiz shuhratini dunyoga yoyishayotganini ta'kidlagan viloyat hokimi, 2022 yil davomida viloyatimiz sportchilari tomonidan turli darajadagi xalqaro va respublika sport musobaqalarida qariyb 4 mingta medal qo’lga kiritilganini, buning 1058 tasi oltin medal ekanini mamnuniyat bilan qayd etdi. Yaqindagina bo’lib o’tgan boks bo’yicha O’zbekiston chempionatida 15 ta medalni qo’lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o’rinni qo’lga kiritgan viloyat terma jamoasi bu o’rinda alohida e'tirof etildi.

Viloyatimizda professional sportda erishilgan yutuqlar bilan chegaralanmasdan, ommaviy sportni rivojlantirishga, aholini, ayniqsa, yoshlarni sportga oshno qilishga ham katta e'tibor berish kerakligini alohida ta'kidlagan viloyat hokimi, bu borada viloyatimiz bo’ylab tashkil etilayotgan ommaviy sport klublari o’ziga xos tajriba bo’lishini aytib o’tdi. Joriy yilda viloyatimiz shahar va tumanlarida bunday klublardan 56 ta tashkil etildi va bu ishlar davom etmoqda.

Badantarbiya bilan, sport bilan mashg’ul bo’linsa, kunlik piyoda yurish odat qilinsa hech qanday dori-darmonga zarurat qolmasligini qayd etgan viloyat rahbari, joylarda sportni ommalashtirishda, aholiga sog’lom turmush tarzini kengroq targ’ib qilishda sport sohasi vakillari asosiy o’rin tutishiga e'tibor qaratdi.

Tadbirda joriy yilda yuqori natijalarga erishgan 100 nafar sportchilar, murabbiylar hamda muassasalar rahbarlari, shuningdek, faxriylar pul mukofotlari va sovg’alar bilan taqdirlandilar.

Boks bo’yicha Osiyo chempioni Lazizbek Mullajonov tadbirning bosh sovrini – “Yilning eng yaxshi sportchisi” nominatsiyasi g’olibligiga munosib ko’rildi.

“Yilning eng yaxshi ayol sportchisi” nominatsiyasida kamondan otish bo’yicha Osiyo chempionati va kubogi sovrindori Ziyoda Abdusattorova, “Yilning eng yaxshi murabbiyi” nominatsiyasida yunon-rum kurashi bo’yicha viloyat terma jamoasi bosh murabbiyi Ilshad Rafutdinov, “Yilning eng yaxshi ayol murabbiyi” nominatsiyasida esa kamondan otish bo’yicha viloyat ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Irina Savinova mukofotlarni qo’lga kiritdilar.

Boks federatsiyasi Farg’ona viloyat bo’limi “Yilning eng faol sport federatsiyasi” sifatida e'tirof etildi. Viloyat Sport yakkakurashlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi “Yilning eng faol sport muassasasi”, Dang’ara tumani sportni rivojlantirish bo’limi esa “Yilning eng faol hududiy sport bo’limi” deb topildi. “Sport TV” telekanali Farg’ona viloyati muxbiri Begzod Jo’raboyevga “Eng faol sport targ’ibotchisi” nominatsiyasida mukofot topshirildi.

Viloyatimizning taniqli san'atkorlari ishtirokidagi kontsert dasturi tadbirga yanada ko’tarinkilik bag’ishladi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram