Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV VILOYATIMIZ MAKTABLARIDA TA'LIM SIFATINI OSHIRISH MASALASIDA O’QITUVCHILAR BILAN FIKR ALMASHDI
2022-12-30 19:53:04 688
Bugun Farg’ona shahridagi “Afrosiyob” tantanalar majmuasida viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning viloyatimiz shahar va tumanlaridan kelgan bir guruh o’qituvchilar bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Samimiy muloqot shaklida bo’lib o’tgan uchrashuvda Davlatimiz rahbarining kuni kecha “Ta'lim sifatini oshirish – Yangi O’zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to’g’ri yo’lidir!” mavzusidagi zamonaviy darsliklar ko’rgazmasi doirasida bir guruh Respublika maktab o’qituvchilari bilan uchrashuvlarida ilgari surilgan fikrlar, tashabbuslar hamda belgilab berilgan rejalar yuzasidan suhbatlashildi, viloyatimiz maktablarida ta'lim-tarbiya sifatini oshirish masalasida o’zaro fikr almashildi.
Prezidentimiz tomonlaridan mamlakatimizda ta'lim sohasini isloh qilish, o’qituvchining jamiyatdagi obro’si va mavqeini oshirish, pedagoglarni moddiy va ma'naviy qo’llab-quvvatlash, maktablarda sifatli ta'limni tashkil etish uchun moddiy-texnik sharoit yaratish bilan birga ta'limning mazmunini, metodologiyani o’zgartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida ta'lim sohasiga mutlaqo yangi muhit va sifat kirib kelayotgani qayd etildi.
Toshkentda o’tkazilgan zamonaviy darsliklar ko’rgazmasida ishtirok etgan viloyat chet tillarni o’qitishga ixtisoslashtirilgan umumiy o’rta ta'lim maktab-internati direktori Eleonora Dadajanova hamda Marg’ilon shahridagi 6-ixtisoslashtirilgan umumiy o’rta ta'lim maktabi o’qituvchisi Zulfiya Tugusheva, Prezidentimiz bilan bo’lib o’tgan muloqotda o’rtaga tashlangan asosiy masalalar hamda takliflar, Davlatimiz rahbarining bugungi kun ta'limi haqidagi fikrlari haqida so’zlab berdilar.
Viloyatimizda ta'lim sohasini yaxshilash borasida kelgusi yil uchun belgilab olingan rejalar va maqsadlar, ularni amaliyotga samarali tadbiq etish yo’llari yuzasidan tajribali o’qituvchilar o’z fikrlarini bildirdilar.
Bir piyola choy ustida o’tgan uchrashuv, viloyatimiz san'atkorlarining kuy-qo’shiqlari bilan davom etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram