Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
DAVLAT AKTIVLARINI BOSHQARISH AGENTLIGI FARG’ONA VILOYATI HUDUDIY BOSHQARMASI TOMONIDAN 2022 YIL DAVOMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
2023-01-07 21:30:40 475
O’tgan 2022 yil davomida Farg’ona viloyatida 145 ta davlat mulki ob'ektlari 214,5 mlrd. so’m boshlang’ich qiymatda ommaviy savdolarga chiqarilishi ta'minlandi.
Shundan, umumiy qiymati 141,9 mlrd. so’m bo’lgan 77 ta davlat aktivlari sotilishiga erishildi. Jumladan 74 ta davlat mulki ob'ektlari 82,7mlrd. so’m va 3 ta davlat ulushi 59,2 mlrd. so’mga sotildi.
Er uchastkalari bo’yicha:
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 fevraldagi 71-sonli qarori bilan “Yerelektron” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali 6568 ta 338,7 gektar (4705 ta 149,8 gektar yer maydoni mulk huquqi bilan, 1863 ta 189,0 gektar yer maydoni ijara huquqi asosida) yer uchastkalar 164,9 mlrd. so’m boshlang’ich narx bilan auktsion savdolariga chiqarilishi ta'minlandi.
Bugungi kunga qadar 701 ta yer uchastkalari 54,9 gektarda (336 ta 11,6 gektar yer maydoni mulk huquqi bilan, 365 ta 43,3 gektar yer maydoni ijara huquqi asosida) 44,1mlrd. so’mga sotildi.
Davlat mulkini ijaraga berish bo’yicha:
2022 yil davomida viloyatda umumiy maydoni 528,3 ming kv.m. dan iborat bo’sh turgan davlat mulklari bo’yicha 1972 ta 40,5 mlrd.so’m qiymatda ijara shartnomalari rasmiylashtirilishi ta'minlandi.
Byudjetga yo’naltirilgan mablag’lar bo’yicha:
2022 yilda bo’lib to’lash sharti bilan rasmiylashtirilgan shartnomalarga asosan jami 100,8 mlrd.so’m tushum tushirilishiga erishilib, shundan viloyat mahalliy byudjetiga 46,5 mlrd.so’m, Respublika byudjetiga 27,4 mlrd.so’m hamda balansda saqlovchi va xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlarga 26,9 mlrd.so’m yo’naltirildi.
Shundan:
1. Davlat mulkini xususiylashtirishdan 49,3 mlrd.so’m shundan mahalliy byudjetga 23,6 mlrd. so’m, shuningdek 22,4 mlrd. so’m Respublika byudjetiga yo’naltirildi.
2. YEr uchastkalarini sotilishidan 19,8 mlrd so’m, shundan mahalliy byudjetga 15,9 mlrd.so’m, xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlarga 3,9 mlrd.so’m o’tkazib berildi.
3. Davlat mulkini ijaraga berish orqali 31,1 mlrd. so’m shundan 3,5 mlrd. so’m mahalliy byudjetga, 4,3 mlrd.so’m QQSga, 5,6 mlrd.so’m balansda saqlovchilarga va 5,3 mlrd.so’m markaz ta'minotiga hamda 12,3 mlrd. so’m davlat ulushi mavjud korxonalarga yo’naltirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram