Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 67 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATINING INVESTITSION, SAVDO-IQTISODIY SALOHIYATI XITOYDA O’TKAZILGAN BIZNES-FORUMDA TAQDIM ETILDI

×

 2023-01-11 09:37:34    268

PDF yuklash
Chop etish


Bugun, Xitoy Xalq Respublikasining Shensi provintsiyasi Veynan shahrida “Bir makon, bir yo’l” xalqaro hamkorlik tashabbusi doirasida biznes-forum va yarmarka bo’lib o’tdi. 

Veynan shahri ma'muriyati hamda shahar savdo departamenti tomonidan tashkil etilgan ushbu yirik tadbirda Xitoy, Rossiya, Yaponiya, Pokiston, Meksika kabi 12 ta mamlakatdan elchilar, hududlar boshqaruv organlari rahbarlari, yirik biznes vakillaridan iborat 4000 nafardan ziyod ishtirokchi oflayn va onlayn shaklda qatnashdilar.

Tadbirda Farg’ona viloyati hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev tomonidan viloyatning investitsion, savdo-iqtisodiy salohiyati yuzasidan onlayn taqdimot o’tkazildi.

Forum doirasida barcha ishtirokchilar tomonidan imzolangan jami hujjatlar soni 13 ta bo’lgan bo’lsa, bularning eng asosiysi aholisi qariyb 5 mln. kishidan ziyod Veynan shahri xalq hukumati hamda viloyatimizning Quva tumani hokimligi o’rtasida onlayn tarzda imzolangan o’zaro investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy hamkorlik yuzasidan Anglashuv memorandumi bo’ldi. 

Joriy yil iyun oyida 200 nafarga yaqin tadbirkordan iborat Xitoy delegatsiyasining Farg’ona shahriga tashrifi kutilmoqda. Tashrif davomida Farg’ona-Xitoy biznes-forumi tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram