Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 75 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA TURKIYA SARMOYASI ISHTIROKIDA QATOR INVESTITSION LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH REJALASHTIRILMOQDA

×

 2023-01-12 10:45:03    210

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov turkiyalik investorlarning bir guruhini qabul qildi. “CeraMine” kompaniyasi bosh direktori Aydin Saribeyoglu, “Akkomarka” kompaniyasi vakili Erkan Alkan hamda “Dansuk Engineering” kompaniyasi vakillari Ufuk Ekiz va Gokxan Saribayir bilan bo’lgan uchrashuvda ushbu kompaniyalar tomonidan Farg’ona viloyatida amalga oshirish rejalashtirilayotgan investitsion loyihalar muhokama qilindi.

Ko’p tarmoqli “CeraMine” kompaniyasi viloyatimizda temperlangan oyna ishlab chiqarish, tuproq yo’llarni innovatsion usulda kimyoviy aralashmalar bilan qattiq qoplamali holatga keltirish, tejamkor blokli qurilish modullari ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, viloyatimizda ishlab chiqarilayotgan tekstil mahsulotlarini YEvropa bozoriga olib chiqish bo’yicha loyihalar ustida ish olib bormoqda.

7 ta restoran markasiga ega hamda YEvropa, Osiyo va O’rta sharq mamlakatlarida 40 dan ziyod restoranlar tarmog’ini tashkil etgan “Akkomarka” kompaniyasi Farg’ona shahrida turli yo’nalishlarda xizmat ko’rsatuvchi Turkiya gastronomiyasi markazi tashkil etishni rejalashtirmoqda.

Turar-joy, savdo va sanoat ob'ektlari uchun “aqlli” isitish, sovutish, ventilyatsiya tizimlarini loyihalashtirish va ularni o’rnatish, texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha hamkorlik qilish istagida bo’lgan “Dansuk Engineering” kompaniyasi, Farg’ona viloyatida quyosh panellari ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish masalasida ham o’z loyiha kontseptsiyasini ishlab chiqmoqda.

Turkiya kompaniyalari tomonidan amalga oshirish rejalashtirilayotgan loyihalarning har biri viloyat iqtisodiyoti uchun foydali ekaniga e'tibor qaratgan viloyat hokimi, ushbu investitsion loyihalarni hayotga tadbiq etilishida har tomonlama ko’mak berishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Joriy yil fevral oyida turkiyalik investorlarning viloyatimizga qayta tashrifi davomida hamkorlik bo’yicha muzokaralarni amaliy bosqichda davom ettirishga kelishib olindi.

Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev ham ishtirok etdi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram