Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
MARG’ILONDAGI “UZWOOLENTEX” KORXONASIDA TURKIYALIK HAMKORLAR BILAN BIRGALIKDA XALQARO PREMIUM STANDARTLARIDAGI MATOLAR ISHLAB CHIQARISH YO’LGA QO’YILADI
2023-01-13 19:24:46 212
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Marg’ilondagi “Uzwoolentex” MChJ shaklidagi xorijiy korxonasi rahbari Nargiza Aminova hamda Turkiyaning Akyün Kumaş kompaniyasi rahbarlarini qabul qildi.
Uchrashuvda Marg’ilondagi “Uzwoolentex” korxonasi tomonidan turkiyalik hamkorlar bilan birgalikda rejalashtirilayotgan ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirish, jahon andozalariga mos jun va aralash matolar ishlab chiqarish hamda jun va sun'iy ip-kalava ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish loyihasi muhokama qilindi.
Xalqaro Premium standartlarida jun matolar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan hamda Turkiya va YEvropa bozorida o’z o’rniga ega Akyün Kumaş kompaniyasi direktori Serdar Uludeniz hamda ishlab chiqarish mas'ul rahbari Murat Oruch viloyatimizda mavjud imkoniyatlarni yuqori baholab, amalga oshirish ko’zda tutilayotgan loyiha natijasida ishlab chiqariladigan matolar eng talabchan tekstil korxonalariga ham ma'qul kelishini ishonch bilan qayd etdilar.
Yangi loyiha ikki bosqichda amalga oshirish rejalashtirilayotgan bo’lib, birinchi bosqichda “Uzwoolentex” korxonasida mavjud quvvatlardan foydalangan holda, turkiyalik mutaxassislarni ham ishlab chiqarishga jalb etgan holda Turkiya bozori uchun bugun jozibador yangi matolar kollektsiyasi yaratish, bu asnoda korxona xodimlarining malakasini doimiy oshirib boruvchi kurslarni yo’lga qo’yish belgilangan.
Bu jarayon bilan bir vaqtda “Uzwoolentex” korxonasi bo’sh maydonlarida jun va sun'iy iplar ishlab chiqarish liniyasini tashkil etish ham ko’zda tutilgan. Buning natijasida korxonada jun va aralash matolarni o’z xom-ashyosidan ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi. Bu matolarga xorijiy bozorlar bilan birga ichki bozorda ham juda katta talab borligi qayd etildi.
Belgilangan ishlar yanvar oyi yakuniga qadar boshlanishi ma'lum qilindi.
Viloyat hokimi loyihani tez muddatlarda amalga oshirish uchun har tomonlama ko’mak berilishini qayd etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram