Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
"XALQ VA ARMIYA – BIR TANU BIR JONDIR!" – VATAN HIMOYACHILARI KUNI FARG’ONADA KATTA SHODIYONAGA AYLANDI
2023-01-14 18:24:50 567
Viloyatimizda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan katta bayram tadbiri o’tkazildi.
Farg’ona shahridagi “Fayz” tantanalar majmuasida o’tkazilgan tantanali tadbir viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yo’llagan bayram tabrigini o’qib eshittirish bilan boshlandi.
Prezidentimiz tabriklarida ta'kidlanganidek, “ So’nggi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar natijasida milliy armiyamizning qiyofasi va salohiyati tubdan o’zgardi. Bugungi kunda O’zbekiston Qurolli Kuchlari mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligini, sarhadlarimiz daxlsizligini ta'minlashga qodir bo’lgan, harakatchan va puxta qurollangan qudratli kuchga aylandi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor”.
Tadbirda Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni Lutfullo Buzrukov, viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat Xavfsizlik va Mudofaa tizimlari rahbarlari, harbiy xizmatchilar, shuningdek, davlat, jamoatchilik va yoshlar tashkilotlarining vakillari ishtirok etdilar.
Bayram tantanalari davomida yurt tinchligi yo’lida sidqidildan xizmat qilayotgan bir guruh harbiylarga viloyat hokimining faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg’alari tantanali ravishda topshirildi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorovga O’zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirining 2023 yil 11 yanvardagi shaxsiy tarkib bo’yicha 1-son buyrug’i bilan zahiradagi polkovnik harbiy unvoni berildi.
“Harbiy-ma'muriy sektorga sifatli rahbarlik qilib kelayotganligi, viloyat hududida harbiy shaharchalar infratuzilmalarini takomillashtirish orqali davlatimizning mudofaa qudratini mustahkamlashga qo’shayotgan hissasi, o’tkazilayotgan o’quvlarda ko’rsatayotgan faolligi, shuningdek xalq va armiyaning birdamlikka erishishi hamda o’sib kelayotgan yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy iftixor tuyg’usini shakllantirishga qaratilgan tadbirlarni tashkillashdagi hamkorligi uchun Farg’ona viloyati hokimi Bozorov Xayrullo Hayitbayevichga zahiradagi polkovnik harbiy unvoni hamda shaxsiy raqam berilsin” deyiladi buyruqda.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, shuningdek, Mudofaa Vazirining 3-son buyrug’i bilan, O’zbekiston Respublikasi mudofaa qobiliyatini mustahkamlash yo’lida faol ishtiroki uchun I darajali “Namunali xizmati uchun” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.
Bugungi tadbirda Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni, polkovnik Lutfulla Buzrukov ushbu buyruqlarni o’qib eshittirdi va harbiy unvon guvohnomasi hamda ko’krak nishonini viloyat hokimiga tantanali ravishda topshirdi.
Tadbir elimiz ardog’idagi san'atkorlar ijrosidagi kuy-qo’shiqlar bilan davom etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram