Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
VATAN HIMOYACHILARI KUNI MUNOSABATI BILAN VILOYATIMIZDAGI IKKINCHI JAHON URUSHI FAXRIYLARI HOLIDAN XABAR OLINDI
2023-01-14 20:18:02 685
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov bilan birga Farg’ona tumanida yashovchi Tursunbek ota Isanbekov hamda Farg’ona shahrida yashovchi Tatyana Usmanova xonadonlarida bo’lishib, faxriylarni va ularning oila a'zolarini bugungi bayram bilan tabrikladilar.
Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan Tursunbek ota Isanbekov Farg’ona tumani Xonqiz qishlog’ida yashaydi. Viloyat hokimi bilan bo’lgan suhbatda otaxon urush davrida boshidan o’tkazgan sinovlar, qiyinchiliklar, ko’rsatgan qahramonliklari haqida so’zlab berdi.
Tursunbek ota 1944 yil 19 yoshida urushga ketib, 1950 yilda qaytgan. So’ng kolxozda brigaderlik qildi. Turmush o’rtog’i Xabibaxon aya bilan 3 o’g’il, 5 qizni tarbiyalab uyli-joyli qildi. Hozirda nevara-yu evaralar qurshovida umrguzaronlik qilmoqda. Otaxon urush davrini yodga olar ekan, bugungi zamon yoshlari unday qaro kunlarni ko’rmasliklarini, yurtga tinchlik tilab duo qildi.
Farg’ona shahrida yashovchi 101 yoshni qarshilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Tatyana Usmonova ham viloyat rahbarlarini ochiq chehra bilan kutib oldi. Onaxon o’z ko’ngil kechinmalari bilan o’rtoqlasharkan, ko’rsatilayotgan e'tibordan mamnun ekanini qayta-qayta ta'kidladi.
Tursunbek ota va Tatyana onaxon, bugungi dorilomon kunlarning qadriga yetish kerakligini takror takror ta'kidladilar, Prezidentimiz tomonidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga ko’rsatilayotgan doimiy g’amxo’rlik uchun minnatdorchilik izhor qildilar.
Faxriylarga bayram sovg’alari topshirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram