Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 101 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


SO’X TUMANINING ZANGAT VA DEMURSAT MFY HUDUDLARIDA CHEGARA QO’SHINLARI HARBIY XIZMATCHILARIGA YANGI XIZMAT UYLARI TOPSHIRILDI

×

 2023-01-16 08:59:16    722

PDF yuklash
Chop etish


Vatan himoyachilari kuni hamda Qurolli Kuchlarimizni tashkil topganligining 31 yilligi tantanalari doirasida bugun So’x tumanining Zangat va Demursat MFY hududlarida Chegara qo’shinlari harbiy xizmatchilariga yangi xizmat uylari topshirildi.

Ushbu munosabat bilan har ikki hududdagi harbiy qismlarda o’tkazilgan tantanali tadbirlarda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.

Zangat qishlog’ida umumiy qiymati 9,5 mlrd. so’mlik qurilish ishlari natijasida 2 ta 4 qavatli 32 xonadonli turar-joy binosi hamda bolalar maydonchasi barpo etilgan bo’lsa, Demursat qishlog’idagi chegara qo’riqlash bo’linmasi hududida 10,2 mlrd. so’m mablag’ hisobiga 4 qavatli 36 xonadonli turar-joy binosi va bolalar maydonchasi qurib bitkazildi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, harbiy xizmatchilarga yangi xonadonlarning kalitini topshirar ekan, Davlatimiz rahbari tomonlaridan harbiy-ma'muriy sektorlarga belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida barpo etilgan bu yangi uylar harbiylarimizning ruhini ko’tarib, kuchiga kuch qo’shishini, o’z xizmat vazifalarini xotirjam, ko’ngillari to’q bo’lib bajarishlariga, yanada sadoqat va vatanparvarlik hissi bilan jonajon Vatanimiz sarhadlarini qo’riqlashlarida muhim omil bo’lishini ta'kidladi.

Shu o’rinda qayd etib o’tish o’rinliki, harbiy shaharchalarni obod qilish, ularning hududida zamonaviy infratuzilmalar barpo etish, harbiy xizmatchilar uchun qulay sharoitlar yaratish, shu jumladan, harbiylar va ularning oila a'zolari uchun zamonaviy uy-joylar qurish uchun 2022 yilda viloyat mahalliy byudjetidan jami 123 mlrd. 525 mln. so’m mablag’ ajratildi. Bu 2021 yilga nisbatan ikki yarim barobar ko’p hisoblanadi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram