Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
ENG ILG’OR SHAROITLAR YARATILGAN SO’X TUMANI HARBIY QISMLARIDA XIZMAT QILISHNI BUGUN HAR BIR HARBIY ORZU QILADI
2023-01-16 09:02:15 242
Bugun Sharqiy harbiy okrugning So’x tumanida joylashgan harbiy qismida barpo yangi ob'ektlar hamda kapital ta'mirdan chiqarilgan bino-inshootlarni harbiylarga foydalanishga topshirishga bag’ishlangan tantanali tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirda viloyat hokimi, harbiy-ma'muriy sektor rahbari Xayrullo Bozorov, Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni Lutfulla Buzrukov, viloyat sektorlari hamda huquq-tartibot va xavfsizlikni ta'minlovchi organlari rahbarlari, harbiy xizmatchilar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Prezidentimiz tomonidan boshlangan islohotlar harbiy sohada o’z ijobiy natijasini ko’rsatayotgani, harbiy-ma'muriy sektorlar tashkil etilib, joylarda davlat hokimiyati organlari ham mamlakatimiz mudofaa qudratini mustahkamlashda faol ishtirok etib kelayotgani tadbir davomida alohida qayd etildi.
Harbiy qismda viloyat byudjeti mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan 18,9 mlrd. so’mlik loyiha asosida 300 o’rinlik madaniyat saroyi, 300 kishi bir vaqtda shug’ullanishiga mo’ljallangan ko’p funktsiyali sport majmuasi, ochiq o’yingoh , texnika parki tashkil etildi, 90 kishiga mo’ljallangan yotoqxona kapital ta'mirdan chiqarildi, qism hududi obodonlashtirildi. Shuningdek, harbiy qismga tutash hududda DXSh tamoyili asosida 60 o’rinli zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti barpo etildi.
“Armiya va xalq – bir tanu bir jondir” degan g’oyani amalda ta'minlash, So’x tumani yoshlarini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida harbiy qism hududidagi madaniyat saroyi hamda sport inshootlari hududda yashovchi yoshlar foydalanishlari uchun doimiy ochiq ekanligi e'lon qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram