Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 69 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATIGA 2022 YILDA JAMI 957,4 MLN. DOLLAR MIQDORIDA XORIJIY INVESTITSIYA JALB ETILDI

×

 2023-01-23 20:03:58    720

PDF yuklash
Chop etish


2022 yil yakuniga ko’ra, Farg’ona viloyatida yil davomida o’zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 957,4 mln. dollarni tashkil etib, 2021 yilgi ko’rsatkichga (512,3 mln. dollar) nisbatan o’sish 445 mln. dollarga yoki 187 foizga teng bo’ldi.

2022 yil davomida viloyat iqtisodiyotiga investitsiyalar kiritish bo’yicha Xitoy (375,1 mln. dollar), Rossiya Federatsiyasi (190,3 mln. dollar), Shveytsariya (83,8 mln. dollar), Janubiy Koreya (78,8 mln. dollar), Germaniya (65,4 mln. dollar), Singapur (32,5 mln. dollar) va Turkiya (30,3 mln. dollar) davlatlari yetakchilik qildi, Farg’onaga investitsiya kiritgan mamlakatlarning umumiy soni 30 taga yetdi.

2022 yilda sanoat, farmatsevtika, ta'lim, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohalari investorlar uchun eng jozibador bo’lib qoldi. IT va innovatsion texnologiyalar sohalari ham yaxshi o’sish dinamikasini ko’rsatdi.

2022 yilda Standard & Poor's xalqaro reyting agentligi (S&P Global Ratings) tomonidan viloyat byudjetining yuqori ko’rsatkichlari hamda tijoriy qarzdorlikning mavjud emasligi alohida e'tirof etilib, Farg’ona viloyatiga B+ darajasidagi “Barqaror” prognozli kredit reytingini berilgani ham xorijiy sarmoyadorlar uchun viloyatimizning investitsion jozibadorligini yanada oshirdi.

Xorijiy investorlar va tadbirkorlarga yaratib berilayotgan bir qator qulay shart-sharoitlar natijasida viloyatda faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona soni bugungi kunga kelib 596 taga yetkazildi. 2020 yilga nisbatan ushbu korxonalar soni 188 taga ko’payishiga erishildi.

Farg’ona viloyatida xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar soni eng yuqori bo’lgan davlatlar orasida Xitoy Xalq Respublikasi 145 ta korxona hisobiga yetakchilik qilmoqda. Keyingi o’rinlarda Rossiya bilan 142 ta, Turkiya davlati bilan 69 ta Koreya Respublikasi bilan 44 ta, Qirg’iziston bilan 41 ta, va Eron Islom Respublikasi sarmoyasi ishtirokida 15 ta korxona faoliyat olib bormoqda.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram