Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONALIK 3 NAFAR BOKSCHI BOKS BO’YICHA OSIYO CHEMPIONATI FINALLARIDA OLTIN MEDAL UCHUN RINGGA CHIQADI
2023-01-25 12:05:10 218
Tailand poytaxti Bangkok shahrida 22 yoshgacha bo’lgan bokschilar o’rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda.
O’zbekiston terma jamoasi tarkibida ushbu qit'a chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan Farg’ona viloyati vakillaridan 3 nafari musobaqaning finallariga yo’llanmani qo’lga kiritdilar.
48 kg vazndagi bahslarda chorak finalda xitoylik Gou Guanshuayni, yarim finalda filippinlik Lester Durensni 5:0 hisobidagi ishonchli g’alabalar bilan yenggan Shodiyor Meliqo’ziyev, oltin medal uchun finalda yoshlar o’rtasida jahon va Osiyo chempioni, qozog’istonlik Sanjar Tashkenbayga qarshi ringga chiqadi.
Viloyatimizning yana bir vakili, 71 kg vaznli Nurislom Ismoilov chorak finalda kambodjalik bokschi Xun Kimxanni 1-raunddayoq mag’lubiyatga uchratgan bo’lsa, yarim finalda qirg’izistonlik Nuradin Rustambek Uulu ustidan 5:0 hisobida zafar quchdi. Nurislom finalda qozog’istonlik yana bir kuchli bokschi, yoshlar o’rtasida jahon chempioni Sabirjan Akkalikovga qarshi jang qiladi.
66 kg vaznda ishtirok etayotgan Navbahor Hamidova yarim finalda qozog’istonlik Ankar Ichshanovani 5:0 hisobida mag’lub etib, finalga yuksaldi. Bugun oltin medal uchun bahsda Navbahor Hamidova Mo’g’uliston vakilasi Tsetsegdari Myagmarsurenga qarshi ringga ko’tariladi.
Ma'lumot uchun, 22 yoshgacha bo’lgan bokschilar o’rtasida Osiyo chempionati yigitlar o’rtasida 13 ta, qizlar o’rtasida esa 11 ta vazn toifasida o’tkazilmoqda. Bahslarda umumiy hisobda 149 nafar bokschi ishtirok etmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram