Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 78 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XALQ DEPUTATLARI FARG’ONA VILOYAT KENGASHINING ELLIK UCHINCHI SESSIYASI BO’LIB O’TDI

×

 2023-01-25 13:06:15    722

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi ellik uchinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.

Sessiya ishida viloyatdan saylangan Oliy Majlis Senati a'zolari, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, viloyat sektorlari rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiya kun tartibiga ko’ra, birinchi masala sifatida sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatdagi Xalq qabulxonasi mudiri Abduxoshim Abdullayevning axboroti tinglangan bo’lsa, ikkinchi masala yuzasidan so’z olgan viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov viloyatda qonunchilik holati va jinoyatchilikka qarshi kurash borasida prokuratura organlari tomonidan 2022 yilda amalga oshirilgan ishlar yakuni va 2023 yilda ko’riladigan chora-tadbirlarga to’xtaldi.

Sessiya kun tartibida ichki ishlar organlari tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarni oldini olish yuzasidan hokimlik, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, jamoat tashkilotlari va mahallalarning faol jamoatchiligi bilan yo’lga qo’yilgan hamkorlik darajasi ham muhokama qilindi. Bu borada viloyatda jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurashish borasida ichki ishlar organlari tomonidan 2022 yil davomida amalga oshirilgan ishlar yakuni hamda 2023 yilda ko’riladigan chora-tadbirlar yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i Muxiddin Jo’rayev o’z axborotini o’qib eshittirdi.

Navbatdagi masala bo’yicha viloyat adliya boshqarmasi boshlig’i Abdumannop Bo’riyev viloyatda davlat organlari va tashkilotlarida norma ijodkorligi hamda huquqni qo’llash amaliyoti yuzasidan adliya organlari tomonidan 2022 yilda amalga oshirilgan ishlar yakuni va joriy yilgi rejalar haqida ma'lumotlarni deputatlarga taqdim qildi.

Shuningdek, sessiyada viloyat mahalliy byudjetining 2022 yildagi ijrosi hamda shakllangan qo’shimcha manbalardan maqsadli foydalanish bo’yicha ham viloyat moliya boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari Elbek Eshonqulovning axboroti tinglandi.

Kun tartibidagi har bir masala yuzasidan deputatlar tomonidan savollar berildi va o’z o’rnida ushbu savollarga ma'ruzachilar javoblar qaytardilar.

Sessiyada ko’rib chiqilgan masalalar yuzasidan Xalq deputatlari viloyat kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram