Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMLIGIDA AQSH MEHNAT VAZIRLIGI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV O’TKAZILDI
2023-01-27 13:15:24 439
Viloyat hokimining o’rinbosari Alibek Tursunov viloyat hokimligi qabullar uyida AQSh Mehnat vazirligi Xalqaro mehnat masalalari boshqarmasining Odam savdosi, majburiy mehnat va bolalar mehnati masalalari bo’limi vakillari Margaret Jungk, Sara Solomon hamda AQShning O’zbekistondagi elchixonasi vakili Sara Bekkerni qabul qildi.
Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosari Komila Kavlanova, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi Erkin Nuraliyev, viloyat Bandlik boshqarmasi boshlig’i Saidbek Davlatov ham ishtirok etdi.
Tashrifdan maqsad odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish borasida mamlakatimizda, shu jumladan, viloyatimizda amalga oshirilgan keng ko’lamli ishlarning natijalari bilan tanishish, mahalliy pillachilik korxonalari vakillari ishtirokida uchrashuvlar o’tkazishdan iborat ekani qayd etildi.
AQShlik mehmonlarga ipakchilik tarmog’ida majburiy mehnat va bolalar mehnatidan bundan bir necha yillar avval voz kechilgani, bugungi kunda ushbu sektorda bolalar mehnati va majburiy mehnatdan umuman foydalanilmayotgani tushuntirib o’tildi.
Uchrashuvda fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlash masalasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish borasida ham fikr almashildi.
Alibek Tursunov AQShlik mutaxassislar savollari asosida viloyatda pillachilik bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar, ushbu yo’nalishdagi klasterlar faoliyati, doimiy va mavsumiy ishchi-xodimlar haqida ma'lumotlarni taqdim qildi.
Mehmonlar kun davomida Marg’ilon shahridagi “Nurli tong silk” MChJ, “Vodiy marjoni” XK hamda “Hunarmandlar markazi” faoliyati bilan tanishadilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram