Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 60 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


OILAVIY TADBIRKORLIK, HUNARMANDCHILIK “PIYOZCHILIK” MAHALLASINING “O’SISH NUQTASI” SIFATIDA BELGILANGAN

×

 2023-01-30 11:33:22    203

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumanining “Piyozchilik” mahallasida oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik mahallaning “o’sish nuqtasi” sifatida belgilangan bo’lib, bugungi kunda hududda aholi, xususan, xotin-qizlar bandligini ta'minlash hamda tadbirkor ayollarni qo’llab-quvvatlash va buning samarasi sifatida kambag’allikni tugatishga katta e'tibor qaratilmoqda.

2022 yil mahallada hunarmandchilik yo’nalishida tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yish istagidagi 50 nafarga yaqin hunarmand oilalarga 650 million so’mga yaqin imtiyozli kredit ajratildi. Natijada 150 dan ziyod yangi ish o’rinlari yaratildi.

Ayni paytda mahallada 200 dan ko’proq oilalarda xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilik faoliyati yo’lga qo’yilgan. Shuningdek, 30 nafar xotin-qizlar o’z tadbirkorligi orqali mahalladoshlari uchun doimiy daromad manbaiga ega bo’lgan ish o’rinlari yaratishga erishmoqda.

Nozimaxon Yoqubova qo’li gul chevar. Hozirda 10 nafar mahalladoshni yoniga olib, milliy uslub, dizayn asosida erkaklar va ayollar kiyimlarini tikadi.

- Har oyda o’rtacha 5000 juft poyabzal tayyorlab, ichki bozorga yetkazib beramiz, - deya suhbatimizni davom ettiradi oilaviy tadbirkor Muqaddas Soliyeva. – Oilamizning yillik daromadi o’rtacha 120 million so’mni tashkil etadi. Kosibchilik yo’nalishida 10 nafar mahallamiz xotin-qizlarini ish bilan ta'minlaganman.

Davlatimiz rahbarining 25 yanvar kungi yig’ilishida ustuvor vazifa sifatida belgilanganidek, endilikda mahalladagi har bir oilaning yagona raqamli pasportini ishlab chiqish ko’zda tutilmoqda. Shu tariqa kambag’allikdan chiqarish borasida har bir oilaga alohida dasturlar tuziladi. Bandlik dasturi ishlab chiqilib, kasb-hunarga o’qitish, tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish choralari ko’riladi.

Toshloq tumani hokimligi axborot xizmati




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram