Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
2022 YILDA FARG’ONA VILOYATIDAN 62 TA DAVLATGA 786,4 MLN. DOLLARLIK SANOAT HAMDA QISHLOQ XO’JALIGI MAHSULOTLARI EKSPORT QILINDI
2023-01-31 11:08:34 682
2022 yil yakuniga ko’ra, Farg’ona viloyatidan xorijga eksport qilingan sanoat hamda qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 786,4 mln. dollarni tashkil etdi.
Bundan sanoat mahsulotlari eksporti hajmi 556,8 mln. dollarni, qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksport hajmi 229,6 mln. dollarni tashkil etdi.
2020 yilda 525,4 mln. dollarni tashkil etgan Farg’ona viloyati eksport hajmi, 2021 yilda 756,3 mln. dollarga teng bo’lgandi. 2020 yil yakunlari bilan solishtirganda 1,5 barobarga o’sish qayd etildi.
2022 yil davomida viloyatimiz sanoat mahsulotlari eksportida ip-kalava, mato, tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari, un va un mahsulotlari, qurilish materiallari, mineral o’g’itlar va poyabzal asosiy ulushga ega bo’ldi.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksportida asosiy ulushlarni gilos, uzum, shaftoli, pomidor, quritilgan meva-sabzavotlar, o’rik, anor, xurmo, dukkakli mahsulotlar va poliz mahsulotlari tashkil etdi.
Eksport geografiyasi bo’yicha mahsulotlar 2022 yilda asosan Rossiya Federatsiyasi (343,4 mln. dollar), Xitoy Xalq Respublikasi (59,0 mln. dollar), qo’shni davlatlar (191,9 mln. dollar) hamda YEvropa davlatlariga (157,1 mln. dollar) ortildi.
Viloyatda 2020 yilda dunyoning 58 ta davlatiga eksport qilingan bo’lsa, 2022 yilda 62 ta davlatga eksport amalga oshirildi. Eksport geografiyasi Gonduras, Kipr, Slovakiya va Tailand davlatlari hisobiga kengaydi.
Shu bilan birga eksportyor korxonalar soni 2020 yilda 650 ta bo’lgan bo’lsa, bugunga kelib ushbu korxonalar soni 780 taga yetkazildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram