Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
DIQQАT E’LON! Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!
2023-02-16 16:36:49 437
Oʼzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi “Davlat-xususiy sheriklik toʼgʼrisida»gi OʼRQ-537-son Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish toʼgʼrisida”gi 259-sonli qaroriga asosan “Gurer” MCHJ tomonidan Farg’ona viloyati, Quva tumanidagi “Hunarmandlar markazi” faoliyatini davlat-xususiy sheriklik asosida yо‘lga qо‘yish bо‘yicha tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan.
Mazkur loyiha doirasida Farg‘ona viloyati, Quva tumanidagi “Hunarmandlar markazi”da ilg‘or boshqaruv va xususiy sherik tajribasini joriy etgan holda 300 nafar xotin-qizlarni bandligini ta’minlash orqali hunarmandchilik asosida qо‘lda shoyi matolar, shu jumladan a’lo baxmal tо‘qish hajmini yiliga 18100 metr ishlab chiqarishga erishish va realizatsiya qilish rejalashtirgan.
Tenderda qatnashish uchun tadbirkorlar tomonidan qiziqish bildirish uchun soʼrov va tender takliflarini 2023-yil 31-mart kuniga qadar topshirilishi kerak.
Qiziqish bildirish uchun soʼrov shakli.
Qiziqish bildirish uchun soʼrov va tenderlar (takliflar) quyidagi manzillarda qabul qilinadi:
1. Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar A.Navoiy kо‘chasi 15-uy. E-mail: info@ferghana.uz Tel: 73 224-30-12
2. Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi Toshkent shahar, Sh.Rashidov shox koʼchasi,16-uy. E-mail: pppinfo@ppp.mf.uz ADuvlanov@ppp.mf.uz FUmarov@ppp.mf.uz Теl: 71 203-03-07 (708)
(Eslatma! Elektron yuboriladigan fayl yoki fayllarning hajmi 10 MBdan ortig’ bo’lmasligi lozim. Shu munosabat bilan fayllarni ixchamlashtirgan 10 MBdan ortiq bo’lmagan holda yuborishingiz so’raladi yoki qog’oz shaklida taqdim etishingiz mumkin).
“DXSh toʼgʼrisida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun soʼrov va tender takliflari olingan taqdirda, Hokimlik tomonidan loyihaning xususiy tashabusskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender oʼtkaziladi.