Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 93 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QO’SHTEPA TUMANIDA ANIQ VA TABIIY FANLARNI O’QITISHGA IXTISOSLASHGAN ZAMONAVIY MAKTAB FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2023-03-01 21:18:32    322

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Qo’shtepa tumanida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlarni o’rganish asnosida “Sohibkor” MFY hududida yangi tashkil etilgan maktab va maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

Tashrif doirasida “Sohibkor” MFYdagi Qo’shtepa tumani aniq va tabiiy fanlarni o’qitishga ixtisoslashtirilgan maktabi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Loyiha qiymati 9,5 mlrd. so’m bo’lgan ushbu ta'lim muassasasi eng so’nggi andozalar asosida bunyod etilgan bo’lib, u to’liq yangi innovatsion texnologiyalar bilan jihozlandi. Hozirgi kunda 5000 nafarga yaqin talabgorlar ichidan saralab olingan 336 nafar o’quvchilar aniq va tabiiy fanlar yo’nalishlarida bilim olishmoqda. Ularga 30 nafardan ziyod oliy toifali o’qituvchilar ta'lim-tarbiya berishmoqda.

Tantanali tadbirda ramziy tasma qirqilib, mehmonlar maktab faoliyati hamda bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, muhtasham sinf xonalarida o’quv jarayonlarini bevosita kuzatishdi.

O’quvchilar bilan samimiy suhbatlashgan viloyat hokimi davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qurilib, barcha qulayliklar muhayyo etilayotgan bunday maktablarda yaxshi o’qib, bilim olish hamda yurt ravnaqiga munosib hissa qo’shadigan o’g’il-qizlar bo’lib kamol topish zarurligini ta'kidladi.

Tumanga tashrifi davomida Xayrullo Bozorov “Soy bo’yi” mahallasi hududida joylashgan “Aziz bolajon diyori” nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotida ham bo’lib, bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlarni ko’zdan kechirdi. 150 o’ringa mo’ljallangan mazkur bog’chaning loyiha qiymati 2,7 mlrd. so’mni tashkil etadi. Ayni paytda muassasada 80 nafar bolajonlar tarbiyalanmoqda.

Yuzma-yuz muloqotda tadbirkor Oybek Rahmatov maktabgacha ta'lim muassasasini to’la quvvatda ishga tushirish, yuqori qavatlarni jihozlash, pardozlash ishlari bo’yicha biznes-rejasi bilan tanishtirdi. Shu tariqa tadbirkorga ko’mak berish va faoliyatini kengaytirish maqsadida unga kredit ajratish masalasini o’rganib, ijobiy hal etish borasida mas'ullar ishtirokida aniq vazifalar belgilab olindi. 











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram