Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 87 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV QO’SHTEPA TUMANIDA QURILISH ISHLARI YAKUNIY BOSQICHGA KIRGAN TADBIRKORLIK LOYIHALARI BILAN TANISHDI

×

 2023-03-01 21:53:23    223

PDF yuklash
Chop etish


Ayni kunlarda “Qumtepa” MFYda “Qo’shtepa Rovvot ta'mir” oilaviy korxonasi tomonidan tunuka mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish loyihasi yakuniga yetkazilmoqda. Buning natijasida korxonada asosan qurilishda muhim xomashyo bo’lgan tunuka mahsulotlari, bunga qo’shimcha ravishda keng assortimentdagi darvozalar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Hozirda bu yerda dastlabki bosqichda ishlab chiqarilayotgan rang-barang turdagi tunuka mahsulotlari xaridorlarga juda ham manzur bo’lmoqda. Ayni paytda 15 nafar yoshlarni doimiy ish o’rni bilan band qilgan tadbirkor loyihani to’la quvvatda ishga tushirish hisobiga qo’shimcha ish o’rinlari yaratishni maqsad qilgan.

“Otabek Oybek saxovati” MChJ tomonidan mebel mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi bo’yicha ham so’nggi qurilish-montaj ishlari olib borilyapti. Loyiha tashabbuskorining 5 milliard so’m o’z mablag’i sarflanishi hisobiga korxonada ofis va xonadonlar uchun mebel jihozlari hamda buning uchun kerakli aksessuarlar ishlab chiqarilishiga erishiladi.

“Istiqbol” kichik sanoat zonasida joylashgan “Target max” MChJda shurup va samorez mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi uchun 23,8 milliard so’m mablag’ jalb etilib, 2022 yilning dekabr oyida ishga tushirildi, Xitoy davlatidan uskuna va jihozlar olib kelib o’rnatildi va hozirda sinov tariqasida dastlabki ishlab chiqarish jarayoni olib borilmoqda. Tadbirkor Ulug’bek Rahimjonov korxonada jahon andozalari darajasida qurilish ashyolari ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Yangi korxonalar faoliyatini o’rganish mobaynida viloyat hokimi tumandagi to’rtta sektor rahbariga bu kabi tadbirkorlik sub'ektlarini yanada ko’paytirish hisobiga Qo’shtepada ishsizlik darajasini keskin kamaytirish va aholining muqim daromad manbalarini yaxshilash bo’yicha vazifalar yukladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram