Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
QIRG’IZICTONNING NORIN VILOYATI DELEGATSIYASI EKOSHAHARDAGI QURILISH-BUNYODKORLIK ISHLARI BILAN TANISHDI
2023-03-03 19:19:00 232
Qirg’izictonning Norin viloyati gubernatori Altыnbek Ergeshov boshchiligidagi delegatsiya a'zolari viloyatimizda bo’lib, Farg’ona shahrida shaharsozlik me'morchiligi an'analari asosida barpo etilayotgan Ekoshaharda – “Yangi O’zbekiston” massividagi qurilish-bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
Ma'lumki, ayni kunlarda Farg’ona shahrida 300 gektar maydonda Ekoshahar bunyod etilmoqda. Ezgu maqsadga ko’ra, yo’ldosh shaharchada yaqin istiqbolda 300 ga yaqin ko’p qavatli turar joylar, xizmat ko’rsatish maskanlari, ta'lim, tibbiyot va madaniyat muassasalari quriladi hamda 70 gektar maydonda “Yangi O’zbekiston” bog’i tashkil etiladi. Shu yilning o’zida Ekoshaharda 80 ta 7-12 qavatli 4 ming 362 xonadonli uy-joylar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Norin viloyati delegatsiyasi a'zolari dunyoning megapolis shaharlari tajribasi asosida bunyod etilayotgan Ekoshahardagi zamonaviy qulayliklarni alohida e'tirof etishdi. Har bir uyning tom qismida quyosh panellari o’rnatilib, isitish tizimi, elektr energiyasi, issiqlik suv ta'minoti yangi mezonlar bo’yicha tashkil etilayotgani tahsinga loyiq ekanligi ta'kidlandi.
Shuningdek, delegatsiya a'zolariga Ekoshaharga yondosh hududda barpo etilayotgan kichik sanoat zonasida tadbirkorlik sub'ektlari, xususan, xorijlik investorlar uchun beriladigan imtiyozlar borasida to’liq ma'lumot berildi. Qirg’izistonlik tadbirkorlar bu yerda yaratilgan qulayliklardan foydalanib, istiqbolli loyihalarni amalga oshirishi mumkinligi ta'kidlab o’tildi.
Ekoshaharga tashrif davomida ikki qardosh xalq do’stligi ramzi sifatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mehmonlar ishtirokida “Yangi O’zbekiston” bog’iga ko’chat ekish tadbiri ham o’tkazildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram