Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
QIRG’IZISTONNING NORIN VILOYATI DELEGATSIYASI VILOYATIMIZDAGI SANOAT VA ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA MULOQOTLAR O’TKAZDI
2023-03-03 19:52:51 243
Farg’ona viloyatiga amaliy tashrif bilan kelgan Qirg’izistonning Norin viloyati gubernatori Altinbek Ergeshov boshchiligidagi delegatsiya a'zolari tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan tanishish maqsadida viloyatdagi bir qator sanoat va ishlab chiqarish korxonalarida bo’ldilar.
Farg’ona shahrida joylashgan mamlakatimizdagi yetakchi to’qimachilik kompaniyalaridan biri – “Fergana global textile” MChJning ishlab chiqarish tarmoqlari, raqamli texnologiyalar va ilmiy laboratoriyalari faoliyati bilan tanishgan mehmonlar korxona yaqin istiqbolda jahon bozorida o’z brendini yaratishiga yuksak ishonch bildirdilar.
Shundan so’ng Norin viloyati delegatsiyasi uchun Farg’ona viloyati tadbirkorlari tomonidan namunali ko’rgazma tashkil etilib, unda tabiiy va ekologik toza xomashyolardan tayyorlanayotgan va eksportga chiqarilayotgan keng assortimentdagi mahsulotlar namoyish etildi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov delegatsiya a'zolarini har bir tadbirkor ko’rgazmasi bilan batafsil tanishtirdi. O’z navbatida viloyat tadbirkorlari mehmonlarga o’z korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar afzalliklarini ta'riflab, ularning o’ziga xos jihatlari haqida to’xtalib o’tishdi. Ko’rgazma qardosh xalq vakillarida katta taassurot qoldirdi.
Shu kuni delegatsiya a'zolari Quvasoy shahridagi milliy qorabayir naslli otlarni ko’paytirish va boqish uchun mo’ljallangan “Vodiy tulporlari” majmuasida nafaqat milliy, balki halqaro musobaqalarni ham qabul qila olish uchun yaratilgan zamonaviy majmua bilan tanishdilar.
Quvasoy shahrida yaqinda ish boshlagan “Art soft ceramics” korxonasida ayni paytda 350 nafar ishchi va mutaxassis mehnat qilmoqda. Mahalliylashtirish darajasi 100 foiz bo’lgani bois mahsulotlar narxi xorijnikidan ancha arzon. “Kvars” aksiyadorlik jamiyati faoliyati bilan tanishuv jarayonida jahon bozorida raqobatbardosh shisha va oyna ishlab chiqarish jarayoni xususida ma'lumot berildi.
Marg’ilon shahridagi yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalaridagi loyihalar, ayniqsa, poyabzal ishlab chiqarish korxonalari faoliyati hamda yosh tadbirkorlarning yutuqlari mehmonlar e'tiborini tortdi. Farg’ona tumanida joylashgan “Ekokeramika” korxonasi yiliga 500 ming dona 20 turdagi santexnika mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxona rahbari Salohiddin Yunusov mehmonlarga Yevropa standartlari bo’yicha ishlab chiqarilayotgan va asosan xorijga eksport qilinayotgan santexnika mahsulotlari haqida ma'lumot berdi.
Yuzma-yuz muloqotlarda Norin viloyati delegatsiyasi a'zolari Farg’onadagi yirik ishlab chiqarish korxonalari, tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatish va kuchaytirish yuzasidan kelishib oldilar.
Norin viloyati delegatsiyasiga viloyat hokimi Xayrullo Bozorov hamrohlik qildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram