Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA SINGAPURLIK INVESTORLAR QUYOSH PANELLARI ISHLAB CHIQARISH LOYIHASINI AMALGA OSHIRISHNI REJALASHTIRMOQDA
2023-03-03 22:36:23 397
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’onada quyosh panellari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishni rejalashtirayotgan Singapur davlatining “Enercon Asia” kompaniyasi ijrochi direktori Ajar Otmanni qabul qildi.
Muloqotda Singapurning “Enercon Asia” kompaniyasi tomonidan viloyat hududida katta quvvatdagi quyosh panellari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Ayni jarayonda singapurlik investorlar tomonidan viloyatning iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqqan holda quyosh panellari va shamol trubinalari orqali ishlab chiqariladigan energiyaga bo’lgan ehtiyoj o’rganilgach, taklif ishlab chiqilishi va ikki tomonlama manfaat keltiruvchi loyiha doirasida investitsiya kiritilishi ta'kidlandi.
E'tiborlisi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari o’rnatilgach, unga 25 yil davomida texnik xizmat ko’rsatilishi ham aynan ushbu kompaniya tomonidan amalga oshirilishi ma'lum qilindi.
Tashrif doirasida “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar faoliyati o’rganilgach, 400 MVt energiyaga ehtiyoj borligi aniqlandi. Ehtiyojdan kelib chiqqan holda ikki tomonlama manfaatli investitsiyaviy loyihani ishlab chiqishga ishonch bildirildi.
Ta'kidlash o’rinliki, “Enercon Asia” – elektr energiyasini ishlab chiqarishni boshqarish tizimlari va tarqatish moslamalarini ishlab chiqarishda 30 yillik tajribaga ega Singapurdagi yirik kompaniya sanaladi. Hozirda kompaniyaning Osiyo davlatlarida 6 ta filiali faoliyat ko’rsatadi. Ishlab chiqarayotgan mahsulotlari dunyoning 20 dan ortiq davlatiga eksport qilinadi. Kompaniya tomonidan shu kungacha xalqaro miqyosda 3 mingdan ortiq loyihalar amalga oshirilishiga erishilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram