Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI BAYRAMI MUNOSABATI BILAN TANTANALI BAYRAM TADBIRI O’TKAZILDI
2023-03-04 20:30:59 719
Farg’ona shahridagi “Wine Garden” tantanalar majmuasida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo’lib o’tdi.
Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda viloyatimizning 400 nafardan ziyod faol xotin-qizlari ishtirok etdilar.
Tantana qatnashchilarini bugungi qutlug’ shodiyona bilan samimiy qutlagan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, ularning timsolida yurtimiz ayollari va farg’onalik barcha opa-singillarimizga eng ezgu tilaklarini izhor etdi.
Mamlakatimizda erishilayotgan quvonarli yutuqlarda, barcha jabhalarda yuksak marralarni qo’lga kiritishda hayotimiz fayzi bo’lgan munis va dilbar oila bekalarining o’ziga xos munosib o’rni borligini alohida mamnuniyat bilan ta'kidladi.
Shuningdek, o’z tabrik so’zida viloyat rahbari “Farg’ona anorchilik” agrofirmasi rahbari Mastura Sayfuddinova, "Quva hayoti” gazetasi bosh muharriri Zuhra Aliyeva, “O’zbekiston Qahramon“lari Patilaxon Ergasheva, Manzura Madaliyeva, “Shuhrat” medali sohibasi Xadichaxon Karimova kabi bir qator farg’onalik faollar nomini sanab o’tdi. “O’zbekiston Qahramon“i Lolaxon Murodova, O’zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova bugun oramizda bo’lmasa-da, ular yurtimiz rivojiga katta hissa qo’shgani, islohotlar jarayonida doimo o’rnak va namuna bo’lgani hamda o’z sohasida katta maktab yaratganliklari g’urur va iftixor bilan e'tirof etildi.
Mamlakatda xotin-qizlarga e'tibor, g’amxo’rlik va hurmat yuqori bo’lsa, o’sha yurtda yuksak taraqqiyot va rivojlanish bo’lishligi, shu ma'noda, muhtaram Prezidentimiz tomonidan mo’'tabar onalarimiz, qadrli opa-singillarimiz hayotidan rozi bo’lishlari uchun keng ko’lamli ishlar olib borilayotganligi, islohotlar samarasi har bir oila va inson hayoti misolida yaqqol namoyon bo’layotgani barchamizni behad mamnun etayotganligi qayd etildi.
Bayram tadbirida viloyat ijtimoiy hayotidagi faolligi va tashabbuskorligi, o’zining samarali mehnati bilan oila baxti va farovonligi mustahkamlanishi, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo’shayotgan, jamiyatda ma'naviy-ahloqiy muhitni sog’lomlashtirish va milliy qadriyatlarni keng targ’ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan 22 nafar xotin-qizlarga “Mo’'tabar ayol” ko’krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, bir guruh faol xotin-qizlar viloyat hokimligi faxriy yorlig’i hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.
El ardog’idagi taniqli san'atkorlar – Ilhom Farmonov, Muhsinbek Mo’minov, Ilhom Ibrohimov, Abdujalil Qo’qonov, yosh iste'dodli xonanda Jaloliddin Ahmadaliyevlarning chiqishlari, qadrdon kuy-qo’shiqlar, mumtoz raqslar bayram tadbiriga yanada shukuh va fayz bag’ishladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram