Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Avgust 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 140 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI TASHKIL TOPGANINING 27 YILLIGI TANTANALI NISHONLANDI

×

 2023-03-04 21:12:18    1013

PDF yuklash
Chop etish


Har yili mamlakatimizda 4 mart – O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil topgan kun sifatida nishonlanadi. Bugun Farg’ona viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasida ushbu sana munosabati bilan tantanali bayram tadbiri o’tkazildi.

Bayram tadbirida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari va huquqni muhofaza qilish idoralari rahbarlari hamda soha xodimlari qatnashdilar.

Tadbirda so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshqarma shaxsiy tarkibini kasb bayrami bilan qutlab, ayni kunlarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi, xususan, vazirlikning viloyat boshqarmasi tizimida yurt tinchligi va osoyishtaligi yo’lida fidokorona mehnat qilayotgan xizmatchilarga alohida minnatdorlik bildirdi.

Vazirlik tashkil topganligining 27 yillik bayrami munosabati bilan viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasining bir guruh faol xodimlari samarali va sadoqatli xizmatlari uchun viloyat hokimining faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Viloyatimiz san'atkorlari ijrosidagi kuy-qo’shiqlar, go’zal raqslar barchaga ko’tarinki kayfiyat baxsh etdi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram