Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
PREZIDENT TASHABBUSI AMALDA: MAKTABDAN HUNAR O’RGANIB
2023-03-06 15:16:46 600
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yurtimizdagi ta'lim muassasalarida yoshlarni kamida ikkita xorijiy til va bitta kasb-hunarga o’rgatish ustuvor vazifa etib belgilangani zamirida yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, maktab bitiruvchilarining zamonaviy kasblarni o’rganishi orqali mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirish, ularda mehnatsevarlik va milliy an'analarga sadoqat xislatlarini yuksaltirish kabi ezgu maqsadlar mujassam.
Farg’ona viloyatidagi umumiy o’rta ta'lim va ixtisoslashgan ta'lim muassasalarida ham bu borada keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Buvayda tumanidagi 55 ta umumta'lim maktablarida 44 ming nafardan ziyod o’quvchilar tahsil oladi. 11-sinf bitiruvchilari 3 ming nafarga yaqinni tashkil qiladi. O’tgan o’quv yilida maktab bitiruvchilarining sifat koeffitsiyenti o’rtacha hisobda 88,2 ball bo’lib, respublikada ikkinchi, viloyatda esa birinchi o’rinda qayd etilgan.
Ayni kunda ko’plab maktablarda tikuvchilik, sartaroshlik, to’quvchilik, pazandachilik, mebelchilik, duradgorlik, temirchilik va boshqa kasblarga o’rgatish bo’yicha jami 1000 dan ortiq o’quvchilar qamrab olinib, darsdan so’ng qiziqishlariga qarab ushbu kasblarni o’rganmoqda. Bundan tashqari, tumandagi barcha ta'lim muassasalarida shu yilning aprel oyiga qadar kasbga o’rgatish bo’yicha keng qamrovli ishlarni yakuniga yetkazish ishlari olib borilmoqda.
–O’tgan o’quv yilida bitiruvchilarimizning oliy ta'lim muassasalariga kirish ko’rsatkichi 98,1 ballni tashkil etgan, – deydi tumandagi 3-umumta'lim maktabi direktori Ra'noxon Asqarova. – Shunday bo’lsa-da, o’quvchilarimizni mehnat bozorida talabgir kasb-hunarlarga o’rgatish ustida ish olib boryapmiz. Shu maqsadda to’quvchilik, mebelsozlik, duradgorlik to’garaklarini ochdik. Bu to’garaklarga yuqori sinf o’quvchilarining qiziqishi katta. Dastlabki kunlardanoq Ra'noxon Mavlonova, Elyorjon Qodirov, Tohirjon Polvonov kabi ustozlari ko’magida buyumlar yasashni o’rganib olishdi.
Buvayda – usta-hunarmandlar yurti, mebelsozlik hududni rivojlantirish drayveri hisoblanadi. Bugun bitta yog’och buyum ishlab chiqarayotgan usta hunarmand ertaga uchta yasashni maqsad qiladi, mahsulotga talab ham yuqori. Shu bois maktabda faoliyat boshlagan to’garaklarda “usta-shogird” an'anasi asosida ish olib borishga alohida ahamiyat berilmoqda. To’garaklarda “ko’zi pishgan” yoshlarning esa kelajakda tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yishi, hayotda o’z o’rnini topishi shubhasiz.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram